Allomalarimiz haqida 10 ta fakt
Zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimizning ilmiy-ma’naviy merosi har bir davrda o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Dunyo tamadduni rivojiga hissa qo‘shgan allomalarimiz haqidagi ma’lumotlarni ulashishda davom etamiz. Loyihamizning bu galgi sonida Najmiddin Kubro to‘g‘risidagi muhim faktlar bilan tanishishingiz mumkin.
1. Tasavvuf ta’limotining mashhur shayxlaridan biri, kubroviya tariqatining asoschisi Najmiddin Kubro 1145 yilda Xiva shahrida tavallud topgan.
2. Uning to‘liq ismi Ahmad ibn Umar ibn Muhammad Xivaqiy Xorazmiydir. Uning “Najmiddin”, “Kubro”, “Abul Jannob”, “Valiytarosh” kabi unvon va kunyalari bor.
3. Ahmad yoshligidan ilmga qiziqqan, qobiliyatli inson bo‘lgan. U shariat ilmlarini puxta egallab, yigitlik pallasida tengqurlari bilan bo‘lgan barcha bahslarda hamisha g‘olib chiqqani uchun uni “Tamattul-Kubro” deya atashgan.
4. Najmiddin Kubro o‘z yurtida dastlabki ilmlarni olib bo‘lgach, taxminan 16-17 yoshligida Xorazmni tark etib, bilimini oshirish maqsadida Eron, Misr, Shom va Iroq mamlakatlarida bo‘lib, hadis hamda fiqh ilmi bilimdonlari suhbatida bo‘ladi.
5. Najmiddin Kubro Bag‘dod, Tabriz, Nishopur, Tus, Dizful shaharlarida o‘z davrining mashhur olimlaridan fiqh, hadis va tafsir ilmlarini chuqur o‘zlashtirib, donishmand inson bo‘lib yetishadi.
6. Najmiddin Kubroning tasavvufdan ustozlari Shayx Ro‘zbehon Misriy, Shayx Ammor Yosir va Shayx Ismoil Qasriylar ham uning tasavvufga ishtiyoqi balandligini anglaganlar va buni qo‘llab-quvvatlaganlar.
7. Najmiddin Kubro yuksak obro‘ga ega bo‘lsa ham kamtarona hayot kechirgan. Uning muridlari Eron, O‘rta Osiyo, Arabiston, Kavkaz, Shom, Iroqning turli joylaridan kelib tahsil olganlar.
8. Mo‘g‘ullar istilosi arafasida shayxning muridlari to‘rt yuzdan ortiq bo‘lgan.
9. Alisher Navoiyning yozishicha, Mavlono Jaloliddin Rumiyning otasi Bahouddin Valad ham uning muridi bo‘lgan.
10. 1221 yilda mo‘g‘ullar Xorazmga bostirib kirgan. Najmiddin Kubro Vatan himoyasi vaqtida shahid bo‘ladi. Uning maqbarasi ko‘hna Urganchda joylashgan.
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligidagi mazkur loyiha sun’iy intellekt yordamida “O‘zbekiston tarixi” telekanali bilan birgalikda tayyorlandi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/KrI3gpABdB4" title="Vatan himoyasida shahid boʻlgan Najmiddin Kubro" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Komilova, A.Ahmedov (video), O‘zA