Vatanimiz tarixidagi 14 yanvar sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 29 dekabrda qabul qilingan “Vatan himoyachilari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining mamlakat mustaqilligini hamda hududiy yaxlitligini, xalqimizning tinch hayotini va mustaqillikni mustahkamlash yo‘lidagi bunyodkorlik mehnatini himoya qilishdagi, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyatini, shuningdek O‘zbekiston hududida joylashgan harbiy tuzilmalarning 1992 yil 14 yanvardan respublika yurisdiksiyasiga o‘tkazilganligini inobatga olib, 14 yanvar “Vatan himoyachilari kuni” etib belgilandi.

1405 yil (bundan 620 yil oldin) – Xitoy yurishiga otlangan Amir Temur Sirdaryoning o‘rta oqimida, uning o‘ng sohilida joylashgan O‘tror shahriga – hokim Berdibekning saroyiga yetib keldi. O‘n beshinchi asrning nodir yozma manbalaridan biri – Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarida qayd etilishicha, barcha amirlar, shahzodalar, lashkarboshilarning har biri alohida xonalarga joylashdilar. 

O‘sha kuni, sohibqiron qo‘ngan saroyning xonalaridan birida mo‘ridan uchqun chiqib, yong‘in chiqdi. Yong‘inni tezda o‘chirdilar. Lekin ko‘pchilikning ko‘ngliga g‘ulg‘ula tushdi. O‘sha kunlar saroy a’yonlari va Temurning yaqinlari allaqanday vahimali tushlar ko‘rishib, uyqulari buzildi. Ko‘pchilik qandaydir baxtsizlik yaqinlashayotganini his qilgandek bo‘ldi. Amir Temur O‘trorda 35 kun turdi.

1501 yil (bundan 524 yil oldin) – Xuroson hukmdori Sulton Husayn Boyqaro qadrdon do‘sti, ulug‘ shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy xotirasiga ma’raka tashkil etdi. Mazkur ma’rakani tarixchi G‘iyosiddin Xondamir o‘zining “Makorim ul-axloq” asarida quyidagicha bayon etgan: 

“Ushbu oyning yigirma uchinchisida, payshanba kuni (milodiy 1501 yilning 14 yanvari kuni) buyuk mashoyixlar, oliy maqomli sayyidlar, olimlar, fozillar, ulug‘lar, a’yonlar, asilzodalar va jamoalar boshliqlari Sarixiyobon dalasiga taklif etildi. Sohibqiron Sulton (Husayn Boyqaro)ning o‘zlari ham tashrif buyurib, ushbu yig‘inni o‘zlarining nurli ishtiroklari bilan munavvar ayladilar.

Behisob taomlar tortilib, kechirimli Zotning kalomidan tilovatlar qilingach, oliy sha’nli podshohning mulozimlari jannat bog‘idan joy oladigan ul hazratning barcha qarindoshlari, yaqin do‘stlari va mulozimlariga qimmatbaho to‘nlar kiygizib, ularni azadorlik kiyimidan chiqardilar. Shundan so‘ng [Sohibqiron Sultonning o‘zlari] ularni o‘z oldilariga chorlab, podshohona iltifotlar va shohona inoyatlarga umidvor qildilar”.

1904 yil (bundan 121 yil oldin) – manzarachi rassom, rangtasvir ustasi, O‘zbekiston xalq rassomi O‘rol Tansiqboyev tavallud topdi (vafoti 1974 yil). Manzara janrining mahoratli ustasi, butun hayoti va ijodiy faoliyatini O‘zbekiston tabiatini tasvirlashga bag‘ishlagan O‘rol Tansiqboyev serquyosh o‘lkamiz tabiatini o‘tkir mo‘yqalamiga tayanib san’atkorona tasvirlashi bilan tasviriy san’at rivojiga benazir hissa qo‘shgan buyuk rassomdir. U, vafotidan so‘ng, 2001 yilda “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan. 

1933 yil (bundan 92 yil oldin) – faylasuf olima, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Matbua Ahmedova tavallud topdi. U 1985 yilda Toshkent madaniyat instituti rektori, 1985–1987 yillarda Madaniyat vaziri lavozimlarida ishlagan.

1943 yil (bundan 82 yil oldin) – O‘zbekiston hukumati harakatdagi armiyalar uchun gazeta, jurnallar va kitoblarni bepul yuborish haqida qaror qabul qildi. Tarixchi Hakimali Azimovning qayd etishicha, ushbu qarorda harakatdagi armiyalardagi o‘zbek harbiy qismlarining jangchilariga madaniy-siyosiy jihatdan xizmat ko‘rsatish maqsadida “Qizil O‘zbekiston” gazetasidan yil davomida 13 ming nusxada 780 ming so‘mga teng miqdorda; “Pravda Vostoka” gazetasidan yil davomida 4 ming nusxada 240 ming so‘mga teng miqdorda; “Foto gazeta”dan yil davomida ming nusxada 24 ming so‘mga teng miqdorda va kitoblar, risolalar ham yil davomida 300 ming so‘mga teng miqdorda yetkazib berish belgilandi. Bularning umumiy hajmi 1 million 344 ming so‘mni tashkil etdi.

1948 yil (bundan 77 yil oldin) – O‘zbekiston hukumatining o‘rta ta’lim muassasalarida o‘rganilayotgan G‘arbiy Yevropa tillarini maqsadga muvofiq taqsimlash bo‘yicha «O‘rta maktablarda chet tili o‘qitishni yaxshilash to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Unga binoan, ishlab chiqilgan reja asosida 1952/1953 o‘quv yiliga qadar maktablarda 45 foiz ingliz tili, 25 foiz nemis tili, 20 foiz fransuz tili o‘qitilishi hamda shu yildan boshlab ispan tili ham kiritilishi nazarda tutilgan. 

1992 yil (bundan 33 yil oldin) – G‘arbiy Afrikada joylashgan Benin Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini tan oldi.

2019 yil (bundan 6 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “«Andijon-farm» erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. 

2021 yil (bundan 4 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2022 yil (bundan 3 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Navoiy viloyati Nurota tumanida quvvati 200 MVt, Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida quvvati 220 MVt, Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida quvvati 456,6 MVt, Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida quvvati 220 MVt bo‘lgan fotoelektr stansiyalari қурилишига oid qarorlari qabul qilindi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Vatan himoyachilari kuni