V xalqaro "Biznesda halollik" forumi bölib ötdi (+video)
Toşkentda ötgan xalqaro forumda tadbirkorlikda halollikning yangi standartlari muhokama qilindi. Unda korrupsiyaga qarşi kuraş va biznes şaffofligini oşiriş yöllariga eʼtibor qaratildi.
Toşkent şahrida "Toza biznes: halol tadbirkorlikning yangi standarti" mavzusida V xalqaro "Biznesda halollik" forumi ötkazildi.
Biznes-ombudsman, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi va Savdo-sanoat palatasi tomonidan xalqaro hamkorlar (UNODC, YI, GIZ, YEXHT) kömagida taşkil etilgan tadbirda 200 dan ortiq tadbirkorlik subʼekti, moliyaviy institutlar, diplomatik korpus va xorijiy ekspertlar qatnaşdi.
Forumda korrupsiyaviy xavflarni kamaytiriş, kiçik biznes tekşiruvlariga joriy etilgan uç yillik moratoriy hamda "Toza biznes" milliy dasturi doirasidagi yangiliklar muhokama qilindi. Xususan, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş xartiyasining elektron platformasini işga tuşiriş va muvofiqlik belgisini joriy etiş rejalari taqdim etildi.
Uçta tematik sessiyada global kapital talablari, komplayens va transçegaraviy savdo şaffofligi körib çiqildi. Yakunda bir qator kompaniyalar Xartiyaga qöşilib, halol biznes tamoyillariga sodiqligini tasdiqladi.
Ziyovuddin Nuriddinov, Nişonboy Abduvoitov, Salimjon Obidjonov, ÖzA