"Ipak yölida turizm": har bir mamlakatning öz sayyohlik jozibasi bor
Bugun poytaxtimizdagi "CAEx Uzbekistan" körgazmalar majmuasida "Ipak yölida turizm" 31-Toşkent xalqaro turizm yarmarkasi hamda Birinçi xalqaro turizm investitsiya forumi öz işini boşladi.
Tadbirda 45 dan ortiq mamlakat vakillari iştirok etib, xalqaro turistik yönalişlar, investitsiya imkoniyatlari va turizm sohasini rivojlantiriş istiqbollarini muhokama qilmoqda.
Yarmarka iştirokçilarining fikrlari, taqdim etayotgan turistik imkoniyatlari va xalqaro hamkorlik borasidagi rejalari bilan qiziqdik.
Muyassar Atavullayeva – "Sanduvoch Parvozi" turizm firmasi menejeri (Özbekiston):
– Biz Qaşqadaryo viloyatidan kelganmiz va Toşkent xalqaro turizm yarmarkasida iştirok etyapmiz. Asosiy maqsadimiz viloyatimizning boy turistik salohiyatini xorijiy sayyohlarga tanitiş va xalqaro miqyosda keng tarğib qilişga qaratilgan.
Viloyatimiz Amir Temur merosi, qadimiy Şahrisabz şahri, tarixiy obidalari, gözal toğ manzaralari, milliy urf-odatlari va öziga xos gastronomiyasi bilan ajralib turadi. Şuningdek, sayyohlarga unutilmas taassurotlar ulaşiş maqsadida ot miniş, tuyalarda sayr qiliş, toğlar va tabiat qöynida sarguzaştli sayohatlar kabi yönalişlarni ham turistik dasturlarimizga kiritganmiz.
Bundan taşqari, sayyohlarning qiziqişlari, ehtiyojlari va byudjetidan kelib çiqib, ularga kompleks turistik xizmatlar, individual hamda guruhli sayohat dasturlarini taklif etamiz.
Xalqaro körgazmada iştirok etişdan közlangan maqsad hududimizning sayyohlik imkoniyatlari, infratuzilmasi va milliy qadriyatlarini jahonga tanitiş. Şu bilan birga, xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytiriş, yangi şartnomalar tuziş va yurtimizga köproq xorijiy sayyohlarni jalb qilişni maqsad qilganmiz.
Körgazmaning birinçi kuni juda qizğin ötmoqda. Xorijiy sayyohlar Qaşqadaryo viloyatining turistik salohiyatiga katta qiziqiş bildirişyapti. Ayniqsa, Maydanak observatoriyasi, Kitob va Şahrisabz turistik hududlariga bölgan qiziqiş yuqori.
[gallery-32711]
Polina Tereşkova – Milliy turizm agentligi mutaxassisi (Belarus):
– Uşbu xalqaro körgazmada avval ham bir neça bor iştirok etib, mamlakatimizning turistik salohiyatini namoyiş etganmiz. Ammo bu yilgi iştirokimiz boşqaça. Çunki biz bilan birga öz faoliyati va imkoniyatlarini taqdim etiş istagida bölgan köplab hamkorlarimiz ham taşrif buyurdi. Ular orasida mehmonxona biznesi vakillari, sanatoriylar, maşhur soğlomlaştiriş maskanlari va turoperatorlar delegatsiyalari bor.
Stendimizda Belarus mahsulotlarini tatib köriş imkoniyatini ham yaratdik. Uni interaktiv va fotozona elementlari bilan boyitib, taşrif buyuruvçilarga mamlakatimizning turistik imkoniyatlarini yanada yaqqol namoyiş etişga harakat qildik.
Uşbu körgazmadan kutayotgan asosiy natijamiz Özbekiston va özbek xalqi bilan aloqalarimizni yanada mustahkamlaş, yangi hamkorlar orttiriş. Yurtingizga kelgan ilk kunlarimizdanoq xalqingizning mehmondöstligi va samimiyligini his qildik. Bu biz uçun juda yoqimli. Zero, belaruslar ham mehmondöst va oçiqköngil xalq sifatida mehmonlarni samimiy kutib olişga odatlangan.
Işonçim komilki, bunday tadbirlar mamlakatlarimiz örtasidagi özaro aloqalarni kengaytiriş, tajriba almaşiş, yangi şartnomalar tuziş uçun yaxşi imkoniyat yaratadi.
Faridun Hamroyev – "Rasul tur" turistik kompaniyasi boş menejeri (Tojikiston):
– Biz uşbu xalqaro turistik yarmarkada iştirok etiş va Tojikistonning turistik salohiyatini keng tarğib qiliş maqsadida taşrif buyurdik. Yarmarkaning birinçi kuni davomida Özbekiston, Markaziy Osiyo mamlakatlari hamda boşqa davlatlarning köplab turistik kompaniyalari vakillari bilan uçraşdik. Hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş, öz turistik mahsulotlarimizni özaro tarğib qiliş böyiça muzokaralar olib bordik.
Tadbirning taşkil etiliş darajasi bizda katta taassurot qoldirdi. Barça taşkiliy işlar yuqori saviyada yölga qöyilgan, turli mamlakatlardan kelgan kompaniyalar uçun hamkorlik örnatiş va tajriba almaşiş imkoniyatlari yaratilgan.
Bizning asosiy faoliyat yönalişimiz xorijiy sayyohlarni Tojikistonga jalb qiliş va ularga mamlakatimiz böylab turistik xizmatlar körsatişdan iborat. Şu bilan birga, Markaziy Osiyoning boşqa mamlakatlarini ham qamrab olgan qöşma turistik yönalişlarni taklif etamiz. Çunki köplab xorijiy sayyohlar mintaqani yagona turistik hudud sifatida köradi va bir safar davomida mintaqaning bir neçta yoki barça mamlakatlariga taşrif buyurişni istaydi.
Bunday xalqaro yarmarkalar esa bizga, avvalo, Özbekiston va mintaqamizning boşqa mamlakatlaridagi hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlaş, qöşma turistik dasturlarni işlab çiqiş hamda Markaziy Osiyoga keladigan sayyohlar oqimini köpaytiriş uçun keng yöl oçadi.
ÖzA muxbiri
Nasiba Ziyodullayeva
yozib oldi.