Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparatida "UZKAD" tizimiga o‘tish jarayonlari» mavzuida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmat turlari, "UZKAD" tizimi va unga o‘tish jarayonlari, imkoniyatlar, afzalliklari haqida batafsil tushuntirishlar berildi. 

Qayd etilganidek, Prezidentimizning 2022-yil 22-avgust kuni o‘tkazilgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan mulkiy huquqlarning ishonchli himoyasini yaratish, ushbu huquqlarni cheklayotgan omillarni bartaraf etish bo‘yicha vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida shuningdek, 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasiga muvofiq, 2023-yil 1-yanvardan boshlab, Kadastr va ko‘chmas mulklarni ro‘yxatdan o‘tkazish integratsion axborot tizimi ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reestri hamda ko‘chmas mulk obyektlari haqidagi ma’lumotlar yuritiladigan, ma’lumotlarining haqiqiyligi va ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadigan yagona axborot tizimi etib belgilandi. 

Bunda "UZKAD" tizimiga Garov reestri, «Notarius» avtomatlashtirilgan axborot tizimi, Ko‘chmas mulk obyektlari manzillari yagona reestri, Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reestri, O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reestri, «Davlat mulki» axborot tizimi, Nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning bo‘linmalari reestri, litsenziyalar, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar va xabarnomalar reestrlari va ko‘chmas mulk obyektlariga oid ma’lumotlar yuritilayotgan boshqa barcha davlat axborot tizimlari integratsiya qilinadi hamda real vaqt rejimida onlayn ma’lumot almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi. 

Onlayn ma’lumot almashinuvi paytida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq qog‘oz shaklida yoki boshqa axborot tizimida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi, shu sababli "UZKAD" tizimida bo‘lmaganligi aniqlangan taqdirda, 3 kun ichida ushbu huquq "UZKAD" tizimida haq undirmasdan va ariza talab qilmasdan davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi va ma’lumot taqdim etiladi. 

Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarni rasmiylashtirish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish "UZKAD" tizimidagi ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi. Ko‘chmas mulk haqida ushbu tizimda bo‘lmagan boshqa ma’lumotlarni talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, ma’lumotlarning haqqoniyligi davlat tomonidan kafolatlanadi. 

Kadastr agentligi qog‘oz shaklida yoki boshqa axborot tizimlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar haqidagi ma’lumotlarni har bir ko‘chmas mulk obyektini bosqichma-bosqich identifikatsiyalagan holda "UZKAD" tizimiga to‘liq o‘tkazadi. 

"UZKAD" bilan mulk huquqining daxlsizligi ishonchli himoya qilinadi. Mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘yilmaydi hamda xususiy mulkning kapitallashuv darajasi oshiriladi. 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"UZKAD" bilan mulk huquqining daxlsizligi ishonchli himoya qilinadi