O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida ko‘chmas mulklarga oid ma’lumotlarni UZKAD axborot tizimiga o‘tkazish yuzasidan amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Kadastr agentligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda soha mutasaddilari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Prezidentimizning 2022 yil 24 avgustdagi farmoniga asosan 2023 yil 1 yanvardan boshlab Kadastr va ko‘chmas mulklarni ro‘yxatdan o‘tkazish integratsion axborot tizimi  – UZKAD ko‘chmas mulklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning haqiqiyligi va ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadigan yagona axborot tizimi etib belgilangan.

Jismoniy va yuridik shaxslarga soliqlarni hisoblash, notarial harakatlarni rasmiylashtirish, davlat xizmatlari, bank, kommunal, sug‘urta va boshqa ommaviy xizmatlarni ko‘rsatishda ko‘chmas mulkka oid barcha ma’lumotlar tegishli davlat organlari hamda xizmat ko‘rsatuvchi shaxslar tomonidan UZKAD  tizimidan olinishi belgilandi.

Bundan tashqari, mazkur farmon ijrosi doirasida qog‘oz shaklida yoki boshqa axborot tizimlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar har bir ko‘chmas mulk ob’ektini identifikatsiyalagan holda UZKAD  tizimiga to‘liq o‘tkazilishi belgilangan.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, 8,2 millionta ko‘chmas mulk ob’ektlarini birma-bir identifikatsiya qilish orqali bosqichma-bosqich UZKAD tizimiga o‘tkaziladi. Shuningdek, UZKAD tizimini 20 ta boshqa davlat organlarining axborot tizimlariga integratsiya qilish ko‘zda tutilgan.

Bugungi kunda UZKAD tizimida bir qancha ishlar amalga oshirildi. Jumladan, ko‘chmas mulklarini 2 xil usulda UZKAD tizimiga o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. 351,4 mingta ko‘chmas mulklar UZKAD tizimiga identifikatsiya qilingan holda qayta ro‘yxatdan o‘tkazildi. UZKAD tizimi 17 ta axborot tizimlariga integratsiya qilindi. Bu ko‘chmas mulklarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ipoteka shartnomalari, bino va inshootlar ijara shartnomasi hamda servitutni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanishni UZKAD tizimi orqali amalga oshirish imkonini yaratdi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/nebm4nedsX0" title="Koʻchmas mulk obyektlari bosqichma-bosqich UZKAD tizimiga oʻtkaziladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

UZKAD tizimida ob’ektlarni hisobga olish va ro‘yxatdan o‘tkazish modellari, noturar ob’ektlarni inventarizatsiya qilish modeli, inson omilisiz kadastr raqamini shakllantirish modeli kabi yangi modellar yaratildi. Yil yakuniga qadar ko‘p qavatli uylarni foydalanishga qabul qilish hamda yakka tartibdagi uy-joylar bo‘yicha ko‘rsatiladigan kadastr xizmatlarini ham UZKAD tizimi orqali amalga oshirish rejalashtirilgan.

Madina Nasriyeva, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘chmas mulk ob’ektlari bosqichma-bosqich UZKAD tizimiga o‘tkaziladi