Urgutlik 123 yoshli onaxon referendumda ovoz berdi
Urgut tumani G‘oyibota mahallasida yashovchi, “Shuhrat” medali sohibasi Ulug‘ ona Olimova 123 yoshda. Onaxon mahalladagi 985-referendum uchastkasida ovoz beruvchilari ro‘yxatiga kiritilgan. Ulug‘ ona uchastkaga bora olmasligi sababli, uning iltimosiga ko‘ra komissiya a’zolari ovoz berishini shu xonadonda tashkil etishdi. Hayotning ko‘p qiyinchilik va tashvishlarini ko‘rgan onaxon bugungi kunlarga shukrona aytib, farzand va nevara-chevaralari ardog‘ida hayot kechirmoqda.


Urgut tumani hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ayni paytda tumanda Ulug‘ ona singari yuz yoshdan oshgan 6 nafar piru badavlat nuroniylar istiqomat qiladi. Bugun ularning barchasi o‘z xonadonida turib, “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha umumxalq referendumida ovoz berdi.
G‘.HASANOV,
O‘zA