Kuni kecha, dunyoning nufuzli ta’lim tizimidagi tahliliy agentligining (QS World University Rankings) 2025 yildagi sarhisoblariga ko‘ra eng nufuzli universitetlar reytingi e’lon qilindi. Mazkur global reyting jahondagi oliy dargohlarining akademik obro‘, ish beruvchilar bahosi, iqtiboslik, ilmiy hamkorlik, xorijiy professorlar va talabalar soni, barqarorlik kabi ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda e’lon qilinadi.
Joriy yilda birvarakayiga ikki oliy ta’lim dargohi, ya’ni O‘zbekiston Milliy universiteti 781 o‘rin va “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti 547 o‘rin bilan ilk bora xalqaro TOP-1000 reytinggida qayd etildi.
Ushbu xushxabar yurtimizda katta tantana va xursandchilik bilan qabul qilindi. Chunki, bu omil ilm dargohlarimizning keyingi taraqqiyot yo‘lida ko‘plab imkoniyatlarni taqdim etadi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/rarCdeglzpk" title="Universitetlarimiz TOP-1000 reytingiga kirishi taʼlim sohasida katta voqea" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Aytish kerakki, ushbu natijalar sohada boshlangan tub islohotlarning dastlabki mevalari. Zero, “O‘zbekiston-2030” taraqqiyot strategiyasida 15 ta oliy ta’lim muassasasini dunyoning eng nufuzli “Top-1 000” reytinggiga kiritish belgilab qo‘yilgan bo‘lib, bu borada kelgusi yilda yana kamida 2ta universitet ushbu ro‘yxatdan joy olishi kutilmoqda.
Tadbirda ta’kidlanganidek, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasi bu ko‘rsatkichga o‘z-o‘zidan erishgani yo‘q. Besh yil avval ushbu reytingdan joy olish uchun bilim dargohi o‘z strategiyasini ishlab chiqib, ta’lim berishning barcha yo‘nalishlarini isloh qildi.
O‘tgan vaqt ichida ilmiy maqolalar chop etdi, jurnallarda iqtiboslar keltirdi, yaqin hamkorlik orqali dunyo olimlari orasida tanila boshladi, xorijiy talaba va ustozlarni o‘quv jarayonlarga keng jalb qildi. Puxta o‘ylangan reja, cheksiz mehnat o‘z natijasini berdi. Endigi marra xalqaro reytingda TOP-500 univesitetlar qatoridan joy olish va bu borada ham jamoa o‘z oldiga yangi strategiyalarni belgilab olgan.
Sanjar Toshpo‘latov, Abror Sodiqov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA