Buyuk Britaniyaning nufuzli Times Higher Education – THE reyting tashkiloti “World University Rankings-2025 by Subject” fanlar bo‘yicha dunyoning eng nufuzli oliygohlar ro‘yxatini e’lon qildi. Mazkur ro‘yxatga muvofiq, respublikamizning 3 ta oliy ta’lim tashkiloti ilk bor fan reytingidan joy oldi.

“Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti tabiiy fanlar, matematika va statistika yo‘nalishida 301–400, muhandislik yo‘nalishida 501–600 o‘rinlar oralig‘ida qayd etildi. Ushbu natija universitet qishloq xo‘jaligi texnologiyalari va muhandislik fanlari sohasida yangi innovatsiyalarni joriy etishda yuqori salohiyatga ega ekani hamda tabiiy fanlar bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarning samaradorligini ko‘rsatadi.  

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti esa tabiiy fanlar, matematika va statistika yo‘nalishida 601–800 o‘rinlar oralig‘ida o‘z o‘rnini topdi. Ushbu natija universitetning tabiiy fanlar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot salohiyati va boy ilmiy an’analarga ega ekanini tasdiqlaydi.  

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ta’lim yo‘nalishida 601+, kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari yo‘nalishida 1001+ o‘rinni egalladi. Ushbu ko‘rsatkichlar universitetning zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirish va ta’lim jarayonida ilg‘or yondashuvlarni joriy etgani hamda ta’lim tadqiqotlari, o‘qituvchilar malakasini oshirish va ta’limdagi akademik tadqiqotlarning xalqaro ahamiyatini tasdiqlaydi.  

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
3 ta oliy ta’lim muassasamiz Top-1000 ro‘yxatdan joy oldi