Joriy yilning 22-23 aprel kunlari Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida sportning WORKOUT turi bo‘yicha “Universiada-2025” sport musobaqasining respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi oliy ta’lim muassasalari talabalaridan tuzilgan terma jamoalar ishtirok etdi.

Quvonarlisi, erkak talabalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi terma jamoasi barcha raqiblariga nisbatan yuqori tayyorgarlik bilan kelganini namoyish etib, birinchi o‘rinni egalladi va musobaqa g‘olibi bo‘ldi. Talaba qizlardan tuzilgan terma jamoa a’zolari esa faxrli ikkinchi o‘rinni egallab, kumush medalini qo‘lga kiritdi.

Qoraqalpog‘iston terma jamoasi a’zolari Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali va Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining sportchi talaba-yoshlaridan tashkil topgan. Sportchilarni musobaqaga Nukus davlat pedagogika instituti dotsenti Duysenbay Karimov tayyorladi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Universiada-2025” sport musobaqasi g‘oliblari taqdirlandi