Gruziyaning Batumi shahrida 47 ta mamlakatning 107 nafar eng kuchli ayol grossmeysterlari ishtirokida o‘tayotgan FIDE jahon kubogining 3-tur o‘yinlari ostonasiga yetib keldik.

Kecha nufuzli musobaqaning 2-tur tay-brek bahslarida kutilgan va kutilmagan natijalar qayd etildi.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, iqtidorli shaxmatchimiz Gulruhbegim Tohirjonova 2-bosqichda Xitoyning 6-raqamli shaxmatchisi va amaldagi jahon chempioni Lu Myaoyiga qarshi fidokorona bahs olib borganini ta’kidlash lozim.

Standart yo‘nalishidagi bahsning 1-partiyasida Lu Myaoyi, 2-partiyasida Gulruhbegim g‘alabaga erishgan edi.

Kecha o‘tgan tay-brekning birinchi bosqichida murosa yo‘li tanlangan bo‘lsa, ikkinchi tay-brek bosqichida xitoylik shaxmatchi qizga omad kulib boqdi.

Shunday qilib, Gulruhbegim jahon kubogining 2-bosqichida kurashni yakunladi. Biroq uning har bir yurishi — yurt sha’ni, iroda va professionallik bilan to‘la edi. Bu ishtirok tahsinga loyiq!

Yevropa chempioni, polshalik Alina Kalinskayaga qarshi tay-brekda dona surgan hamyurtimiz Umida Omonova raqibini 2:0 hisobida dog‘da qoldirgani turnirning eng shov-shuvli natijalaridan biri bo‘ldi.  

U.Omonova 97 foizlik ustunlikda dona surishi mutaxassislar tomonidan e’tirof etildi va u keyingi bosqichlarda raqiblariga kuchli raqobat taklif etishi aniq.

Turnirning 2-tur tay-brekida amaldagi FIDE jahon kubogi sohibasi grossmeyster Aleksandra Goryachkina qozog‘istonlik Meruyert Kamalidinova tomonidan taslim etildi.

Bugun, 12 iyul kuni FIDE jahon kubogi 3-turining 1-partiyasida 32 nafar shaxmatchi ro‘baro‘ keladi.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Umida Omonova mazkur bosqichda qozog‘istonlik 15 yoshli Elnaz Kaliaxmetga qarshi dona suradi.

Eslatib o‘tamiz, mukofot jamg‘armasi 676 ming 250 AQSH dollaridan iborat FIDE jahon kubogida g‘oliblikka erishgan shaxmatchi 50 ming, 2-o‘rin sohibi 35 ming, 3-o‘rin egasi 25 ming AQSH dollari bilan taqdirlanadi.  

Shuningdek, musobaqada tegishli turlarda eng yaxshi natijaga erishgan ishtirokchilarga ham belgilangan tartibda mukofot mablag‘lari topshiriladi.

FIDE jahon kubogi final o‘yinlari 26-28 iyul kunlari tashkil etiladi.

To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Umida Omonova FIDE jahon kubogida yurishini davom ettirmoqda