Mamlakatimiz mustaqilligining 23-yilligi keng nishonlangan joriy yilda paxtakorlarimiz 3 million 400 ming tonnadan ziyod yuksak xirmon bunyod etib, shartnoma majburiyatini oshirib bajardi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani, fermer xo‘jaliklarining har tomonlama qo‘llab-quvvatlanib, yerga munosabatning o‘zgargani mirishkorlarimiz muvaffaqiyatida muhim omil bo‘ldi.

Paxtadan mo‘l hosil yetishtirish zamirida zahmatkash, ishning ko‘zini biladigan, azmu shijoatli bobodehqonlarning mashaqqatli mehnati mujassam. Joriy yilda ham sermahsul, zararkunanda va kasalliklarga chidamli, iqlim sharoitimizga mos g‘o‘za navlari ekilib, agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida o‘tkazildi. Davlatimiz rahbarining 2014-yilda g‘o‘za navlarini joylashtirish va paxta yetishtirishning prognoz hajmlari to‘g‘risidagi qaroriga asosan maydonlarda iqlim sharoitimizga mos, ingichka va o‘rta tolali g‘o‘za navlari parvarishlandi. Dalalarga g‘o‘zaning “Buxoro-6”, “Buxoro-102”, “Sulton”, “Namangan-77”, “S-6524”, “Ibrat”, “Mehnat” kabi ertapishar, sanoatbop, serhosil, jahon paxta bozorida xaridorgirligi bilan ajralib turadigan navlari ekildi. Natijada tajribali dehqon va fermerlarimizning fidokorona mehnati evaziga sifatli paxta xomashyosi tayyorlandi.

Dalalar tejamkorlik bilan sug‘orildi, g‘o‘za qatorlariga me’yorida ishlov berildi. Xizmat ko‘rsatuvchi va ta’minot tashkilotlari bilan shartnoma asosida ish olib borilgani bois mineral o‘g‘it, yonilg‘i-moylash mahsulotlarini yetkazib berishda uzilishlar bo‘lmadi.

Mamlakatimizda agrar sohada amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasida O‘zbekiston paxtasining yuqori sifati jahonda keng e’tirof etilib, to‘qimachilik mahsulotlarimizga xorijda talab tobora ortmoqda. Joriy yilning 13-14-oktabr kunlari Toshkentda o‘tgan X xalqaro O‘zbekiston paxta va to‘qimachilik yarmarkasida bu yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi.

Yarmarkada 580 ming tonna paxta tolasini sotib olish bo‘yicha shartnomalar imzolandi. Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha qiymati 1 milliard AQSh dollaridan ziyod bo‘lgan shartnomalar tuzildi.

Mustaqillik bizga paxta xomashyosini so‘nggi bosqichgacha qayta ishlash imkonini berdi. Misol uchun, keyingi yillarda yengil sanoatga 2 milliard dollar miqdorida investitsiyalar jalb etildi. Singapur, Janubiy Koreya, Hindiston, Turkiya, Yaponiya, AQSh, Yevropa ittifoqi va MDH mamlakatlari hamda boshqa davlatlarning sarmoyadorlari ishtirokida yangi korxonalar qurish va mavjudlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha ikki yuzdan ziyod loyiha amalga oshirildi.

Bugungi dehqon – yer egasi, tadbirkor. U yetishtirayotgan paxta xomashyosini qayta ishlashni yo‘lga qo‘yib, qishloqqa sanoatni olib kirmoqda, aholi bandligini ta’minlash, farovonligini oshirishga faol hissa qo‘shayotir. Mo‘l hosil yetishtirayotgan tajribali, ilg‘or fermerlar safi yil sayin kengaymoqda.

Joriy mavsumda paxta dalalarida «Toshkent traktor zavodi» ochiq aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarilayotgan MX-1,8 modernizatsiyalangan paxta terish mashinalari ishtirok etgani sohadagi ilg‘or yutuqlardandir. Foydalanish juda qulay, hosilning 90 foizigacha to‘liq tera oladigan mashinalar fermerlarga ma’qul bo‘lmoqda. Bu yilgi mavsumda paxta dalalarida 1200 dan ziyod ana shunday mashina paxtakorlar og‘irini yengil qilib, hosilning salmoqli qismini terishda muhim rol o‘ynadi.

Davlatimiz rahbari tomonidan fermerlar mehnatini rag‘batlantirishga ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor hosil salmog‘ining ko‘payishida muhim omil bo‘layotir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 5-avgustdagi “Davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma majburiyatlarini bajargan fermer xo‘jaliklariga kontraktatsiya shartnomasidan ortiqcha topshirilgan paxta xomashyosini qayta ishlashdan olingan paxta shroti (kunjarasi) va paxta chigiti sheluxasini sotish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori ijrosi doirasida paxtachilik bilan shug‘ullanuvchi 12 mingdan ortiq fermer xo‘jaligiga paxta shroti va sheluxasi berildi. Yuqori hosildorlikka erishgan 1200 fermer xo‘jaligi bir qator imtiyozlardan foydalanmoqda.

– Mamlakatimiz fermerlari qilgan mehnatiga yarasha daromad olayotir, – deydi Karmana tumanidagi “Avez bobo” fermer xo‘jaligi rahbari Qahramon Ro‘ziyev. – Bu yil 60 gektarda “Buxoro-6” navini yetishtirib, birinchi terimdayoq shartnoma majburiyatini ado etdik va 285 million so‘m daromad qildik. Qishloq ahli uchun zamonaviy sharoit yaratib berayotgan Prezidentimizdan behad minnatdormiz.

Paxtakorlarimizning bu ulkan g‘alabasi Vatanimiz iqtisodiy qudratini, xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ulkan zafar muborak!