Ukraina aholisi soni qisqardi
Mamlakat Demografiya va hayot sifatini tadqiq qilish instituti direktori Ella Libanovaning ma’lum qilishicha, Ukraina aholisi so‘nggi davrda 2 million kishiga kamaygan.
Libanovaning ta’kidlashicha, bu pasayishning asosiy sababi - janglardagi o‘lim emas, balki o‘lkani tark etayotgan fuqarolar bo‘lgan.
Shuningdek, u yurtni tark etgan shaxslar uyga qaytish imkoniyatiga ega ekanligini bildirdi.
- Agar bu sodir bo‘lmasa ham, ular baribir ukrainaliklar bo‘lib qoladi, -dedi E.Libanova OAVga bergan intervyusida.
S.Rahimov, O‘zA