Belarusda aholining kamayishi kuzatilmoqda
Belarusda aholining qisqarib borishiga oid ko‘rsatkich bir yilda uch martaga oshdi.
“Tut.by” bu xususda rasmiy ma’lumotga asoslanib xabar tarqatgan.
2021 yilning boshida mamlakat aholisi 9 million 349 ming 645 kishidan iborat bo‘lgan. Bu bir yil avvalgiga qaraganda 60 ming 614 kishiga kam bo‘lgan.
2020 yilda esa bu ko‘rsatkich bir yil avvalgiga qaraganda deyarli 19 ming kishiga kamaygani qayd etilgan.
2020 yilda Minsk aholisi 10 mingdan oshiqroqqa kamaygan. “Mamlakat aholisi kamayishining aniq sabablari hozircha ma’lum emas, negaki “Belstat” bu haqdagi ma’lumotni e’lon qilmagan”, deyiladi “Lenta.ru” xabarida.