Tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan Tailand va Qozog‘istonda o‘tayotgan musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.

Tailandning Nontaburi shahrida tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tayotgan xalqaro turnirda mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Nigina Abduraimova chorak finalda xitoylik Meyki Guoni 2:6, 6:2, 6:3 hisobida mag‘lub etdi.

Shu tariqa yarim finalga yo‘l olgan Nigina, endi final yo‘llanmasi uchun koreyalik Su Nam Jeongga qarshi kortga chiqadi.

Qozog‘istonda Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘smirlar o‘rtasida “G5“ turkumiga kiruvchi “Aktobe Open” turnirining yakkalik bahslarida ikki tennischimiz yarim final yo‘llanmasini o‘ziniki qildi.

Dastlab, Aziz Dadaboev chorak final bosqichida rossiyalik Venedikt Tsirikidzeni 6:3, 6:1 hisobida yenggan bo‘lsa, Abdurahmon Saidmuhamedov boshqa bir rus tennischisi Vladislav Gavrilovni 6:7, 6:2, 7:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Endi Aziz final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan o‘yinda Grigoriy Gordeev (Rossiya), Abdurahmon esa Danil Ozernoy bilan kuch sinashadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uch tennischimiz yarim finalda