Superligada bugun çempion aniqlanişi mumkin
Futbol böyiça Özbekiston Superligasining 29-tur markaziy bahsida Farğonaning «Neftçi» jamoasi öz maydonida Samarqandning «Dinamo» klubini qabul qiladi. Uşbu uçraşuvda durang qayd etilgan taqdirda ham farğonaliklar muddatidan avval çempionlikni rasmiylaştiradi.
«Neftçi» — «Dinamo» uçraşuvi Farğonadagi «Istiqlol» stadionida soat 16:15 da boşlanadi. Mazkur bahsni stadionga kela olmaydigan muxlislar ham jonli efirda kuzatişi mumkin. Uçraşuv «Istiqlol» stadioni avtoturargohida örnatiladigan LED ekran hamda Farğona şahridagi Islom Karimov nomidagi Sanʼat saroyidagi katta monitorlar orqali namoyiş etiladi.
Kunning yana bir uçraşuvida Navoiyning «Qizilqum» jamoasi Toşkentning «Paxtakor» klubini qabul qiladi. Bahs soat 16:15 da «Yoşlar» sport majmuasi stadionida boşlanadi. Agar «Paxtakor» uşbu uçraşuvda ğalaba qozonsa va «Neftçi» Farğonada çempionlikni rasmiylaştirsa, poytaxt jamoasi Superliga yakuniga bir tur qolganida vitse-çempionlikni kafolatlaydi.
«Qizilqum» va «Paxtakor» jamoalarining çempionatimiz doirasidagi özaro uçraşuvlari statistikasiga nazar taşlasak, bugungi kunga qadar ular 53-marta maydonda kuç sinaşgan. Uşbu bahslarning 44 tasida «Paxtakor» ğalaba qozongan, yettitasi durang bilan yakunlangan, ikkitasida esa «Qizilqum» ustun kelgan. Özaro uçraşuvlarda toşkentliklar raqib darvozasiga 145 ta gol urgan va öz darvozasidan 32 ta töp olib çiqqan.
Navoiyda ötkazilgan 26 uçraşuvning 21 tasida «Paxtakor» ğalaba qozongan, törtta bahsda durang qayd etilgan, bir marta mezbonlar zafar quçgan. Jamoalar örtasidagi eng yirik hisobli öyin ham 2007-yil Navoiyda bölib ötgan. Öşanda «Paxtakor» «Qizilqum»ni 11:0 hisobida mağlub etgan.

Eslatib ötamiz, milliy çempionatimizning 29-turida «Buxoro» va «Maşʼal» jamoalari 2:2 hisobida durang öynadi. Şuningdek, «Qöqon-1912» öz maydonida «Xorazm»ga 0:2 hisobida mağlub böldi. Uçraşuvda Rafael Tavareş 60 va 80-daqiqalarda gol urib, mehmonlarga ğalaba keltirdi.
Bu natijadan söng qöqonliklarning turnir jadvalida 15-örinni egallaşi aniq böldi. Özbekiston professional futbol ligasi maʼlumotiga köra, «Qöqon-1912»ning ötiş uçraşuvidagi ehtimoliy raqibi «Andijon» bölsa, bahs Namangandagi «Markaziy» stadionda ötkaziladi. Qolgan barça holatlarda esa öyin «Lokomotiv» stadionida bölib ötadi. Qöqonliklarning raqibi 30-turdan keyin Superliga jadvalida 12-örinni egallagan jamoa böladi.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA