U-17 jahon çempionati. Özbekiston bugun Yamaykaga qarşi maydonga tuşadi
«E» guruhi doirasida bahs Dohadagi «Aspayr zona» majmuasida Toşkent vaqti bilan soat 18:00 da boşlanadi.
Bugun, 23-noyabr kuni, Sergey Çigodayev boşçiligidagi Özbekiston U-17 terma jamoasi Qatarda ötayotgan jahon çempionatida ikkinçi uçraşuvini ötkazadi. «E» guruhi doirasida Yamaykaga qarşi bahs Dohadagi «Aspayr zona» majmuasida Toşkent vaqti bilan soat 18:00 da boşlanadi.
Ösmirlarimiz birinçi turda Kot-d’Ivuarga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Muhammad Hakimov 51-daqiqada hisobni tenglaştirdi, biroq raqib 89-daqiqada ğalaba golini urdi. Yamayka esa ilk bahsida Italiyaning amaldagi U-17 Yevropa çempionlariga 0:6 hisobida yutqazdi. Birinçi turdan söng Italiya va Kot-d’Ivuar 3 oçkodan jamğargan, Özbekiston va Yamayka esa ilk oçkolarini qölga kiritiş uçun maydonga tuşadi.
Yamayka Italiyaga qarşi bahsning dastlabki 15 daqiqasida ikki gol ötkazib yubordi. Şu bilan birga, uning darvozaboni O’Mario Uayt 12 ta zarbani qaytardi, jamoa esa havodagi yakkakurashlarning 59 foizida ustun keldi. Bugungi bahsda Özbekiston uçun qanotlardan hujum uyushtirib, jarima maydoniga past uzatmalar bilan kiriş raqibning havodagi ustunligini kamaytiriş yollaridan biri bölişi mumkin.
Yamayka ustidan ğalaba jamoamizga Italiyaga qarşi sönggi tur oldidan 3 oçko beradi. Reglamentga köra, har bir guruhning dastlabki ikki jamoasi hamda uçinçi örin sohiblari orasidan eng yaxşi sakkiztasi 1/16 finalga yöl oladi. Özbekiston guruhdagi sönggi öyinini 26-noyabr kuni soat 19:00 da Italiyaga qarşi ötkazadi. U