O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tashabbusi bilan Samarqand shahrida sohaga oid xalqaro Maslahat yig‘ilishi o‘tkazildi.

2024 yilning 20–21 noyabr kunlari bo‘lib o‘tgan tadbirda TDT va SHHTga a’zo davlatlarning iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda doirasida tashkil etilgan alohida maslahatlashuv yig‘ilishida TDT qoshida «Turon» iste’molchilar jamoat tashkilotlarining xalqaro assotsiatsiyasini tuzish taklifi ilgari surilib, ishtirokchilar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi.

Yangi assotsiatsiya tashkil etilishi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlarda muvofiqlikni ta’minlash barobarida, a’zo davlatlar o‘rtasidagi ishonch, do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, savdo va investitsiya uchun qulay sharoitlar yaratish, qonun ustuvorligini ta’minlash, samarali boshqaruv va inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha axborot almashinuvi kabi masalalarda ham muhim o‘rin tutadi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Turon» xalqaro assotsiatsiyasi tashkil etiladi