Guliston shahridagi viloyat musiqali drama teatrida maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi umumta’lim maktablarida o‘qiyotgan 7-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Turon” maktab teatri respublika ko‘rik-tanlovining Sirdaryo viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va hududlarda teatr madaniyati va san’atini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan ko‘rik-tanlovning o‘tgan yilgi bosqichda 403 ta jamoa ishtirok etgan bo‘lsa, bu yilgi bosqichda 1068 ta jamoa qatnashdi. Shundan 11 ta jamoaga viloyat bosqichida g‘olib bo‘lish imkoni berildi.  

Ishtirokchilar “Bizning maktab” nomli tanishtiruv va savol-javob shartida o‘z intellektual salohiyatini namoyish etishgan bo‘lsa, “Teatr – ibratxona” sahna spektakli shartida ma’rifatparvar allomalar, buyuk shaxslar va yozuvchilarning asarlaridagi qahramonlar obrazlarini sahnada teran namoyish qilishga harakat qilishdi.

[gallery-22373]

–“Bu yilgi "Turon" maktab teatri tanlovi o‘tgan yildagidan juda farq qildi. Ishtirokchilar asar mazmuni, uning tarixi bilan chuqur tanishib, namoyish qilishga harakat qilishdi. O‘tgan yil bilan solishtirganda, bu yilgi ishtirokchilarning g‘oliblikka bo‘lgan ishtiyoqi ancha yuqori. Bu ularning tayyorgarligidan ko‘rinib turibdi. Bu tanlov o‘quvchilarning bilimlarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi, – dedi Sirdaryo viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’naviy va ma’rifiy masalalar bo‘limi boshlig‘i Hilola Nazarova.

Tanlov natijalariga ko‘ra, birinchi o‘rinni Guliston shahridagi 6-maktabning “Kelajak yulduzlari” jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ikkinchi o‘ringa Yangiyer shahridagi 5-umumta’lim maktabining “Stars stage” jamoasi, uchinchi o‘ringa Boyovut tumanidagi 19-umumta’lim maktabining “Ibrat farzandlari” jamoasi munosib deb topildi.

Tadbir so‘nggida g‘olib maktab jamoalariga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

G‘ulom Primov,Shahriyor Ortiqboyev (surat), O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Turon” maktab teatri tanlovi