“Muzlagan soat”: ertaklar olamiga sayohat
FOTOREPORTAJ
Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri jamoasi yozgi ta’til kunlarida yosh tomoshabinlar uchun “Muzlagan soat” nomli zamonaviy musiqiy ertak-spektaklni namoyish etdi.
[gallery-29766]
Muallif va rejissyor S. Mamanazarov tomonidan sahnalashtirilgan sahna asari bolajonlarga quvonchli onlar va unutilmas taassurotlar ulashdi.
Spektakl davomida aktyorlarning ijrosi, qahramonlar obrazlari hamda musiqiy bezaklar tomoshabinlarni ertaklar olamiga yetakladi.
Umid Obidjonov (surat), O‘zA