Turkiya yuk va tibbiyot transporti uçun dron magistrali yaratadi
Turkiya dron uçun maxsus havo yölagi oçişni rejalaştirgan. Bu uzoq masofaga va köriş çegarasidan taşqarida mustaqil parvoz amalga oşiriş imkonini beradi.
– Bunday tizimni işga tuşiriş uçun huquqiy asos allaqaçon yaratilgan, – dedi qardoş mamlakat transport va infratuzilma vaziri Abdulqodir Örol öğli.
Uning sözlariga köra, yönalişlar raqamli tarzda belgilanadi, kiriş-çiqiş nuqtalari, siğim va uçoqlar orasidagi xavfsiz masofa körsatiladi. Parvozni Fuqaro aviatsiyasi boş boşqarmasiga qaraşli markazlaşgan tizim muvofiqlaştiradi. Agar aloqa uzilsa, özi uçar qurilma oldindan belgilangan favqulodda hududga yönaltiriladi.
Maxsus yölaklar şaharlar aro yuk taşiş, kasalxonalar örtasida qon, dori-darmon va vaksina tarqatiş, şuningdek orollar va boşqa boriş qiyin aholi manzillarini taʼminlaş uçun xizmat qiladi. Şuningdek, dronlar zavod, port va sanoat hududlariga ehtiyot qismlar yetkazib beriş, transport hamda energetika infratuzilmasi holatini kuzatiş imkoniga ham ega böladi.
Tabiiyki, havaskor parvoz uçun oçilmaydigan bunday yölakdan faqat zarur hujjati bor uçuvçilar, zarur ruxsatnomaga ega va alohida röyxatdan ötgan uçuvçisiz uçiş qurilmalariga ega vakolatli kompaniyalar foydalanişi mumkin.
S.Rahimov, ÖzA