Toshkentda boshlangan navbatdagi yirik xalqaro anjuman Turkiy davlatlar tashkiloti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari, Turkiy universitetlar ittifoqiga a’zo oliy ta’lim muassasalari rahbarlari hamda Turkiy akademiya vakillarini bir maydonda jamladi.

Tadbirda Ozarbayjon, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Vengriya, Shimoliy Kipr va O‘zbekistondan jami 69 oliy o‘quv yurti, 200 nafarga yaqin rektor, prorektor hamda bo‘lim rahbarlari ishtirok etmoqda.

Yig‘ilishda dastlab Turkiy universitetlar ittifoqiga a’zolik arizalari ko‘rib chiqildi. So‘ngra O‘rxun akademik almashinuv dasturini takomillashtirish, Ittifoq uchun doimiy kotibiyat va maxsus jamg‘arma tashkil etishga qaratilgan sa’y-harakatlar muhokama qilindi.

An’anaga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni hamkorlik ko‘lamini yanada kengaytirishga doir qator aniq va hayotiy takliflarni ilgari surdi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Turkiy ilm-fan va innovatsiya kunlari”ni o‘tkazish tashabbusiga alohida e’tibor qaratildi. Darvoqe, mazkur dolzarb tashabbus davlatimiz rahbari tomonidan yaqindagina Ozarbayjonning Gabala shahrida bo‘lib o‘tgan TDT sammitida ilgari surilgan edi.

Anjuman doirasida Turkiy akademiya tomonidan amalga oshirilayotgan “Turk Barometer” ilmiy loyihasining 2024-2025 yillardagi natijasi taqdim qilindi. Dasturdan “Tashkent International University” hududida mamlakatimizning Turkiy universitetlar ittifoqiga a’zo ta’lim maskanlari ko‘rgazmasi va U2U formatidagi uchrashuvlar ham o‘rin olgan.

Forumning ikkinchi kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Qoraxoniylar – Alp Er To‘nga (Afrosiyob) avlodlari: Qoraxoniylar davridagi turk va islom olami” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkaziladi. Mazkur nufuzli tadbir Turkiy davlatlar o‘rtasida ta’lim va ilm-fan sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishi, turkiy olamda yagona ta’lim maydonini shakllantirishda muhim qadam bo‘lishi kutilyapti.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/xajdLoQ7bGs" title="Turkiy universitetlar birlashmoqda: ta’lim va ilm-fandayangi sahifa" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Musulmon Ziyo,

Dilshod Hakimov,

Oybek Davronov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Turkiy universitetlar birlashmoqda: ta’lim va ilm-fanda yangi sahifa (+video)