Ma’lumki, joriy yil 26 avgustdan boshlab Toshkent metropolitenining “Yunusobod” va “Turkiston” bekatlari vaqtincha yopiladi.
Shu munosabat bilan “Turkiston - Yunusobod - Shahriston” metro bekatlari oralig‘ida bepul xizmat ko‘rsatuvchi 18 metrli 10 dona avtobus harakati yo‘lga qo‘yildi.
Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK axborot xizmati ma’lum qildi.
Avtobuslarning kunlik ish faoliyati tongi 05:00 dan tungi 00:00 ga qadar davom etadi. Ularning oraliq intervali 5 daqiqa etib belgilangan.
Avtobuslarning oldi va yon tomonida metro belgisi (metrobus) o‘rnatilgan.
O‘zA