Turizm qo‘mitasida yoshlar bilan uchrashuv
O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sanjar Tojiyev ishtirokida yoshlar va talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda turizm sohasida amalga oshirilayotgan joriy o‘zgarishlar, jahon bozoridagi asosiy tendensiyalar va sohadagi mutaxassislarga qo‘yilayotgan talablar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Muloqot davomida talab yuqori bo‘lgan kadrlarni tayyorlash masalasi ko‘tarildi. Talabalarning amaliyot o‘tash imkoniyatlari, kasbiy moslashuvi va keyingi ishga joylashuvi muhokama qilindi.

Shuningdek, ishtirokchilar yoshlarning tadbirkorlik faolligini rivojlantirish, istiqboli bo‘lgan g‘oyalar va startaplarni amalga oshirish uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ham ma’lumot oldi.

Shuningdek, yoshlar turizm sohasining rivoji, amaliyot imkoniyatlari va kasbiy istiqbollar haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA