O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi shaharlar va viloyatlararo avtobus qatnovlarini tashkil etish uchun tender o‘tkazadi.
Savdolarda ishtirok etish uchun Transport vazirligining “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limidagi hisob raqamiga bazaviy hisoblash miqdorining 30 barobari (102 ming so‘m)ni o‘tkazishi zarur. Takliflarni yuborish uchun to‘lovlar kompaniya bank hisobidan pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshirilgan bo‘lishi lozim.
Tender 7 fevral kuni e-tender.uztrans.uz platformasida bo‘lib o‘tadi. Arizalarni maxsus e-tender.uztrans.uz sayti orqali topshirish mumkin.
Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA