Transport vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, Yangi yil bayrami arafasida Toshkent shahridan respublikaning turli hududlariga qo‘shimcha avtobus yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yiladi.

“Toshkent” avtovokzalidan kundalik 53 ta reysga qo‘shimcha ravishda har kuni shaharlararo yo‘nalishlarda 20 dan ortiq avtobus qatnovlari tashkil etiladi.  

Xususan, 20 dekabrdan 31 dekabrga qadar Toshkent — Navoiy, Toshkent — Zomin, Toshkent — Jarqo‘rg‘on, Toshkent — Shahrisabz, Toshkent — Qarshi, Toshkent — Qorako‘l, Toshkent — Termiz, Toshkent — Denov, Toshkent — G‘uzor, Toshkent — Uzun yo‘nalishlarida kundalik belgilangan reyslardan tashqari yo‘lovchilar oqimidan kelib chiqqan holda kun davomida qo‘shimcha avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.  

Yo‘lovchilar chiptalarni "Toshkent" avtovokzali chiptaxonalaridan hamda ATTO, UzBus mobil ilovasi orqali onlayn tarzda sotib olishi mumkin.  

Sh.Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentdan viloyatlarga qo‘shimcha avtobus qatnovlari tashkil etiladi