23 oktyabr kuni Toshkentda “Yoshlar huquqlari: imkoniyatlar va himoya mexanizmlari” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tadi. Ushbu yirik anjuman Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 75-yilligi va Inson huquqlari bo‘yicha Vena butunjahon konferensiyasining 30-yilligiga bag‘ishlanadi.

Bo‘lajak xalqaro forumning asosiy tashkilotchisi Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi hisoblanadi.    

Tadbir BMTning  Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi, Oliy komissar boshqarmasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy bo‘limi, BMTning O‘zbekistondagi Doimiy muvofiqlashtiruvchi ofisi, BMT Taraqqiyot dasturining mamlakatimizdagi vakolatxonasi, YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi,  YeXHTning Loyihalar muvofiqlashtiruvchisi, Fridrix Ebert fondi va boshqa xalqaro tashkilotlar hamkorligida tashkil etilmoqda.  

Onlayn va oflayn-formatlarda bo‘lib o‘tadigan  forumda mahalliy va xorijiy ekspertlar, Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi yoshlar tashkilotlari yetakchilari, yoshlar parlamentlari, huquqni himoya qilish bo‘yicha milliy  institutlar, fuqarolik jamiyati institutlari, OAV, yoshlar huquqlari bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vakillari ishtirok etadi.  

Tadbirda Yoshlar huquqlari sohasida yangi sa’y-harakatlar va ilg‘or tashabbuslar uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladigan Yoshlar huquqlari  bo‘yicha Markaziy Osiyo deklaratsiyasini muhokama qilish rejalashtirilgan, deb xabar beradi Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazi matbuot xizmati.  

N. Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda yoshlar huquqlari bo‘yicha Xalqaro forum bo‘lib o‘tadi