Toşkentda yoş olimlarning xalqaro ilmiy konferensiyasi bölib ötdi
Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Prezidiumida yoş olimlarning “Fan va innovatsiyalar” xalqaro ilmiy konferensiyasi bölib ötdi. Fanlar akademiyasi huzuridagi Ilğor texnologiyalar markazi tomonidan taşkil etilgan anjuman yoş tadqiqotçilarning ilmiy salohiyatini namoyon etiş, xalqaro hamkorlikni kengaytiriş va innovatsion işlanmalar yuzasidan tajriba almaşişga qaratildi.
Konferensiyani Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti Şavkat Ayupov oçib berdi.
Taʼkidlanganidek, ilm-fan taraqqiyotida xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş, ilmiy tajriba almaşiş va yoş tadqiqotçilarni qöllab-quvvatlaş muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur anjuman istiqbolli ilmiy ğoyalar va innovatsion işlanmalarni muhokama qiliş, olimlar örtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantiriş uçun imkoniyat yaratdi.
Anjuman materiallari töplamiga 215 ga yaqin ilmiy tezis kiritildi. Ularning mualliflari Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari, mamlakatimizdagi tibbiyot va texnika yönalişidagi oliy taʼlim muassasalari, şuningdek, Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Tojikiston, Xitoy, Hindiston va Norvegiya ilmiy markazlari vakillaridir.
Konferensiya dasturidan 37 ta oğzaki maʼruza hamda poster taqdimotlari örin oldi.
Plenar majlisda xalqaro ilmiy hamjamiyat vakillari dolzarb mavzularda maʼruzalar qildi. Jumladan, Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti direktori Jamoliddin Razzoqov hamda Ilğor texnologiyalar markazi Eksperimental biofizika laboratoriyasi mudiri Artyom Boyev öz tadqiqotlari va ilmiy işlanmalari bilan örtoqlaşdi.
Kunning ikkinçi yarmida konferensiya işi biotexnologiyalar va biotibbiyot, genomika va molekulyar genetika, kimyo va nanotexnologiyalar yönalişlaridagi uçta şöʼbada davom etdi.
Şöʼba yiğilişlarida zamonaviy biologiya, tibbiyot, genetika, kimyo va materialşunoslik sohalaridagi dolzarb masalalar hamda ularning innovatsion yeçimlari muhokama qilindi.
Xususan, autoimmun kasalliklarni davolaşda qöllaniladigan adalimumab preparatining mahalliy analogini yaratiş istiqbollari körib çiqildi. Bu yönalişdagi tadqiqotlar biofarmatsevtika sohasini rivojlantiriş, import örnini bosuvçi dori vositalarini işlab çiqiş va mahalliy ilmiy işlanmalarni amaliyotga joriy etişda muhim ahamiyatga ega.
Şuningdek, özbek populyatsiyasida qandli diabet va kardiomiopatiya bilan boğliq genetik markerlarni aniqlaş, paxta navlarining qurğoqçilikka çidamliligini erta baholaş, natriy-ion akkumulyatorlari uçun yangi materiallar yaratişga oid tadqiqotlar ham iştirokçilar eʼtiboriga havola etildi.
[gallery-32518]
Anjuman doirasida ötkazilgan oçiq muloqot va savol-javoblar yoş tadqiqotçilarga xalqaro tajriba bilan tanişiş, ilmiy izlanişlari yuzasidan fikr almaşiş va yangi hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş imkonini berdi.
– Ilmiy anjumanlarning men uçun eng qimmatli jihatlaridan biri – bu maʼruzadan keyingi suhbatlardir, - deydi Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Ş.Turdiqulova. – Baʼzan bitta örinli savol yoki hamkasbning mulohazasi öz işimizga yangiça nazar bilan qaraşga yordam beradi. Bugungi anjumandagi muloqotlar ham yangi qöşma tadqiqotlarga sabab böladi, degan umiddaman.
Konferensiya yoş olimlarning ilmiy taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş, fanlararo tadqiqotlarni rivojlantiriş va istiqbolli işlanmalarni amaliyotga tatbiq etişga xizmat qildi.
Kamola YUSUPOVA,
Asliddin ALIJONOV (surat), ÖzA