Toşkentda Markaziy Osiyo davlatlari vakillari iştirokida xalqaro seminar bölib ötdi
Germaniya va Markaziy Osiyo mutaxassislari Toşkentda savdoni kengaytiriş maqsadida muhim seminarda yiğildi. Unda sifat infratuzilmasi va kelgusi hamkorlik rejalari muhokama qilindi.
Toşkent şahrida Germaniya Federativ Respublikasi hukumati moliyaviy kömagida Germaniya Fizika-texnika instituti (PTB) hamkorligida amalga oşirilayotgan «Markaziy Osiyoda savdoni kengaytiriş uçun sifat infratuzilmasini mustahkamlaş» mintaqaviy loyihasi doirasida seminar bölib ötdi.
Ötkazilgan nufuzli tadbirda Germaniya PTB instituti vakillari, şuningdek, Özbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlarining metrologiya, standartlaştiriş va akkreditatsiya sohalariga masʼul taşkilotlari vakillari, jumladan, Özbekiston milliy metrologiya instituti (UzNIM) mutaxassislari iştirok etdi.

Seminarning asosiy maqsadi mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaş, avvalgi loyiha natijalarini sarhisob qiliş hamda 2029-yilga qadar amalga oşiriladigan yangi bosqiç vazifalari va umumiy yöl xaritasini belgilaşdan iborat böldi.

Taʼkidlanganidek, avvalgi loyiha doirasida Özbekiston Respublikasining «Metrologiya töğrisida»gi qonunini takomillaştirişga texnik kömak körsatildi. UzNIMning 10 ta kalibrlaş laboratoriyasi akkreditatsiyadan ötkazildi, 30 nafardan ortiq mutaxassis xorijiy yetakçi institutlarda malaka oşiriş imkoniyatiga ega böldi. Şuningdek, sifat menejmenti tizimlarini xalqaro standartlar talablari asosida rivojlantiriş va mintaqaviy hamkorlikni kengaytiriş böyiça salmoqli işlar amalga oşirildi.
Umumiy qiymati 2 million yevroni taşkil etuvçi yangi loyiha 2029-yil sentabrgaça davom etib, bilim va tajriba almaşinuvi, texnik salohiyatni mustahkamlaş, eksport imkoniyatlarini kengaytiriş hamda raqamli yeçimlarni rivojlantiriş kabi ustuvor yönalişlarni qamrab oladi.
Mazkur taşabbus Markaziy Osiyo mamlakatlari örtasida sifat infratuzilmasini rivojlantiriş, xalqaro savdodagi texnik tösiqlarni kamaytiriş va özaro savdo aloqalarini kengaytirişga xizmat qiladi.
ÖzA