Toshkent shahrida kunduzgi bo‘limda tahsil olayotgan talabalar soni 157 mingni tashkil etmoqda. Shundan 82 ming 892 nafar talabaning turar-joyga ehtiyoji bor. Talabalar turar joylaridagi o‘rinlar soni esa 35 ming 639 ta. Hozirgacha 28 ming 142 nafar talaba mavjud o‘rinlarga joylashtirildi. 145 mingdan ortiq talaba o‘z uyi va qarindoshlarining uyidan qatnab o‘qimoqda.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, 2026 yilgacha talabalarni yotoqxona bilan ta’minlashni 70 foizga yetkazish belgilangan.

– Davlat-xususiy sheriklik asosida yotoqxonalar qurish bo‘yicha tadbirkorlar qiziqish bildirmadi. Chunki, ko‘zda tutilgan tartib bo‘yicha hisob-kitob qilinsa, 12 yilda ham puli chiqmas, sarf-xarajatni qoplamas edi, – deydi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov.– Shundan keyin bu tartib yangilandi. Tadbirkorlarning manfaatini ko‘zlab, subsidiya ajratiladigan bo‘ldi. Endilikda, talabalar turar-joyi qurgan tadbirkor katta foyda qiladi. Davlat endi tadbirkor qurgan yotoqxonada turgan har bir talaba uchun har yili 8 million so‘m atrofida pul to‘lab beradi. OTM atrofida bo‘sh bino bo‘lsa, tadbirkor uni rekonstruksiya qilib yotoqxonaga aylantirsa, davlat unga ham subsidiya beradi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/fw6qPLMT10w" title="Toshkentda o‘qiyotgan 82 ming 892 nafar talabaning turar joyga ehtiyoji bor" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

Shuningdek, matbuot anjumanida bu o‘quv yilida yo‘nalishlar umumlashtirilishi, kamaytirilishi aytildi. Bakalavriatdagi 2 mingdan ortiq ta’lim yo‘nalishi yana qisqartiriladi. Har bir mutaxassislik va kasb bo‘yicha malaka talablarini ishlab chiqish ham muhim. Bu borada Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda ish olib borilmoqda.

Mohigul Qosimova, N. Abduvoitov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda o‘qiyotgan 82 ming 892 nafar talabaning turar-joyga ehtiyoji bor (+video)