6 200 talabaga yangi uy: Oliy ta’limda turar joy muammosi qanday hal etilmoqda?(+video)
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 13 ta oliygohda bir vaqtning o‘zida yangi o‘quv binolari hamda talabalar turar joylarini (jami 6 200 ta yotoqxona va 4 000 ta o‘quv o‘rni) foydalanishga topshirdi. TDIU markaziy maydon bo‘lgan onlayn teleko‘prik orqali hududlardagi yangi ob’ektlar ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tarmoq markazi sifatida TDIU va uning To‘rtko‘l fakulteti tanlandi. Teleko‘prik orqali Qoraqalpog‘iston, Samarqand, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Farg‘ona va Xorazm viloyatlaridagi oliygohlar bog‘lanib, talabalar uchun yotoqxonalar topshirildi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/JXfPNoziLWo" title="6 200 talabaga yangi uy: Oliy taʼlimda turar joy muammosi qanday hal etilmoqda?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin Nuriddinov, Doniyor Yakubov, Salimjon Obidjonov, O‘zA