Toshkentda navbatdagi boks kechasi o‘tkazildi
Poytaxtimizdagi "Renaissance Hall" arenasida professional boks bo‘yicha bir qator janglar o‘tkazildi.
Mazkur boks kechasining eng e’tiborli janglari yurtdoshimiz Baxromjon Fozilov va Diyego Ramires hamda Mirzakamol Ne’matov va namibiyalik sobiq jahon chempioni Julias Indingo o‘rtasida kechdi.
[gallery-7941]
Hamyurtimiz Mirzakamol Ne’matovning sobiq jahon chempioni Julius Indongoga qarshi jang to‘liq davom etdi. Shiddatli o‘tgan uchrashuvda hakamlarning qarori bilan g‘alaba Ne’matovga taqdim etildi. Bu g‘alaba o‘z navbatida Mirzakamol Ne’matov vakant bo‘lib turgan WBA Asia kamariga ega chiqish imkonini berdi.
Boks kechasining markaziy uchrashuvi o‘rta vaznli bokschimiz Bahromjon Fozilov WBA Asia kamari uchun argentinalik Diyego Ramires bilan ro‘baro‘ keldi. Jang vakilimizning ajoyib g‘alabasi bilan yakun topdi.
Shu tariqa, Bahromjon WBA Asia chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA
N. Xaydarov suratlari.