AOKAda o‘tkazilgan brifingda AKT vazirligi UZINFOCOM sektor boshlig‘i Bobur Bahodirovning ma’lum qilishicha, 22-23 sentyabr kunlari Toshkentda dunyo ekspertlari ishtirokida internet rivojiga oid «RIPE NCC Days in Tashkent» xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.
Ushbu tadbir O‘zbekiston internet sanoati uchun katta ahamiyatga ega bo‘lib, soha vakillarining o‘zaro bilim va tajriba almashishi uchun imkoniyat yaratadi.
Anjuman doirasida IPv6ning joriy etilishi, mintaqada internet almashinuv nuqtasi (IXP) harakatlari va internet buyumlari (IoT) kabi qator dolzarb mavzular bo‘yicha yalpi taqdimotlar o‘tkaziladi.
Ushbu tadbir O‘zbekiston internet sanoati uchun katta ahamiyatga ega. Xalqaro konferensiya Internet tarmog‘i operatorlari o‘rtasidagi hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash va muhim texnik masalalar bo‘yicha ochiq muloqot va muvofiqlashtirish uchun hududni ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, RIPE NCC internet-resurslarni taqsimlash, shuningdek, internetning ishlashini global qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanadigan beshta mintaqaviy Internet ro‘yxatdan o‘tkazuvchilaridan (Regional Internet Registries) biri hisoblanadi.
RIPE NCC ro‘yxatdan o‘tkazuvchilar uyushmasi (Local Internet Registry, LIR) sifatida faoliyat yuritadi. LIR sifatida asosan yirik internet provayderlar yoki korporatsiyalar ishtirok etadi. Tashkilot 1992 yil aprel oyida tashkil etilgan. RIPE NCC ofisi Niderlandiyaning Amsterdam shahrida joylashgan.
Sh.Mamaturopova, O‘zA