Markaziy bank 2025 yil II choragi uchun ko‘chmas mulk bozori tahlilini e’lon qildi.

Unda qayd etilishicha, joriy yilning II chorak yakunlariga ko‘ra, ko‘chmas mulk bozoridagi faollik yuqoriligicha qoldi. Ushbu davrda ko‘chmas mulk bozorida tuzilgan bitimlar soni 88,1 mingtani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,9 foizga oshgan.

Markaziy bank hisobotida birinchi yarim yillikda ko‘chmas mulk oldi-sotdisi bilan bog‘liq shartnomalar soni ham o‘sishda davom etib, 148,4 mingtani tashkil etdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 12,1 foizga ko‘pdir.

Ko‘chmas mulk bozoridagi faollikning o‘sishi ipoteka kreditlarining ko‘payishi, aholi daromadlari va uy-joy qurilishiga investitsiyalarning o‘sishi bilan izohlanadi.

Dastlabki olti oyda ipoteka kreditlaridan foydalangan holda tuzilgan bitimlarning oldi-sotdi bitimlarining umumiy hajmidagi ulushi 21,3 foizgacha oshdi, bu esa ipotekaning uy-joy sotib olishdagi roli ortib borayotganidan dalolat beradi.

II chorakda narxlar dinamikasi barqaror saqlanib qoldi. Talab yuqori bo‘lishiga qaramay, taklif yetarli bo‘lib qolmoqda, bu esa narxlarning tez o‘sishiga to‘sqinlik qilmoqda.

Narxlar darajasi yuqori bo‘lgan Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand va Navoiy viloyatlarida o‘sish deyarli o‘zgarmadi yoki sekinlashdi. Boshqa hududlarda o‘sish davom etmoqda, bunga narxlarning pasayishi, infratuzilmaning yaxshilanishi va talabning oshishi sabab bo‘lmoqda.

Masalan, poytaxtda ikkilamchi bozordagi narxlar oy davomida 1 kvadrat metr uchun 15,28 million so‘mdan 14,9 million so‘mga, Toshkent viloyatida 8,33 million so‘mdan 8,21 million so‘mga tushdi.

Ijara bozorida taklifning oshishi va talabning mavsumiy pasayishi fonida narxlar barqaror bo‘lib qolmoqda. Umuman olganda, respublika bo‘yicha ijara stavkalarining o‘sishi nolga yaqin. Toshkentda ijara to‘lovlarining pasayishi davom etmoqda - iyun oyida pasayish yillik hisobda 6,1 foizni tashkil etdi.

Toshkent shahridagi yer uchastkalari segmentida iyun oyi yakunlari bo‘yicha 100 kvadrat metr (1 sotix) yerning qiymati 334 million so‘mni tashkil etdi, bu 2024 yildagi qiymatlardan 2,5 foizga past.

Umuman olganda II chorakda ko‘chmas mulk bozorida bitimlar soni va ipoteka kreditlari hajmining o‘sishi tufayli yuqori faollik saqlanib qoldi. Taklifning o‘sishi va xaridorlar uchun imkoniyatlarning kengayishi bozorning muvozanatli rivojlanishiga va narxlarning barqaror dinamikasiga hissa qo‘shadi.

Sh.Mamaturopova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda ijara to‘lovlarining pasayishi davom etmoqda