Oʻzbekiston aloqa tarixi muzeyida Toshkentda Amiti universiteti (Hindiston) filialining ochilishiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston aloqa tarixi muzeyida Toshkentda Amiti universiteti (Hindiston) filialining ochilishiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda yangi oʻquv muassasasining taʼlim yoʻnalishlari va imkoniyatlari, abituriyentlarni saralab olish mezonlari haqida maʼlumot berildi.

Ochilajak bu taʼlim muassasasi axborot texnologiyalari boʻyicha kadrlar, jumladan, dasturiy va apparat taʼminoti yaratuvchilari, sunʼiy intellekt va AKT sohasidagi menejment boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari Olimjon Umarovning maʼlum qilishicha, yangi oʻquv yurti Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida joylashadi. Hozirgi kunda mazkur taʼlim dargohida qurilish va rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda. Keyinchalik u eng soʻnggi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlanadi.

– Universitetimiz Hindistondagi yetakchi xususiy oliy taʼlim dargohlaridan boʻlib, Osiyodagi 300 ta eng yaxshi universitetlar safida, – deydi Amiti universiteti prezidenti Atul Chauxan. – Amitining bosh korpusi Hindistonning Noida shahrida joylashgan, dunyoning 11 mamlakatida oʻquv kampuslari mavjud. Ayni paytda AQSH, Buyuk Britaniya, Birlashgan Arab Amirliklari, Singapur, Xitoy, Janubiy Afrika Respublikasi va boshqa mamlakatlarda filiallarimiz bor. Hozirgi kunda universitetimizda turli mamlakatlardan kelgan 150 ming talaba tahsil olmoqda.

Toshkentdagi Amiti universitetidagi taʼlim ingliz tilida olib boriladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda Amiti universiteti filiali ochiladi