AQSHning Arizona davlat universiteti bilan hamkorlikda Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universitetining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur universitet oliy ta’lim sohasiga yetakchi xorijiy ta’lim muassasalarining ilg‘or tajribasini joriy etish ishlarini yanada kengaytirish maqsadida tashkil etilgan. Unda muhandislik, sog‘liqni saqlash, axborot texnologiyalari, arxitektura va dizayn, iqtisodiyot va moliya, xalqaro munosabatlar sohalari uchun oliy ma’lumotli kadrlar xalqaro standartlar darajasida tayyorlanadi.   

2024/2025 o‘quv yilida Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universitetida Xalqaro savdo va Dasturiy muhandislik yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr bosqichida o‘qish tashkil etiladi.   

Keyinchalik o‘quv dasturlari kengaygani sari OTM Arizona davlat universitetining diplomlaridan tashqari AQSHning boshqa yetakchi universitetlari diplomlarini berishi mumkin bo‘ladi.   

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda Amerika texnologiyalar universiteti faoliyatini boshladi