| Y | D | S | CH | P | J | SH |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 |
| 8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 |
| 15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 |
| 22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 |
| 29 | 30 | 1 | 2 | 3 | 4 | 5 |
Toshkent viloyati xabarlari – qisqa satrlarda

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish tezkor vakillari tomonidan sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga va muomalasiga doir qonunbuzarlik holati fosh qildi. “S.Najimov” chegara bojxona postiga fuqaro boshqaruvidagi kirib kelgan yuk avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Unda avtotransport vositasining salon qismi yotoqxonasiga joylashtirilgan yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan hamda og‘zaki so‘rovda taqdim etilmagan dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 200 million so‘mlik jami 10 ming 340 dona hech qanday hujjati bo‘lmagan dori vositalari borligi aniqlandi. Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
***
Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan Zangiota tumani mahallalarida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy amaliy tibbiyot markaz mobil klinikasi, viloyat tibbiyot markazlari bosh mutaxassislari va viloyat mobil oftalmologiyasi, Zangiota tuman tibbiyot birlashmasi bosh mutaxassislari ishtirokida laboratoriya, EKG, UTT va skrining tekshiruvlari o‘tkazildi.

Xususan, “Vatanparvar” MFYdagi 351 nafar fuqarolar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Kasallik aniqlangan 162 nafar bemorga ambulator sharoitda, 28 nafariga tuman va 6 nafar bemorga viloyat muassisiga davolash uchun tavsiya berildi.
***
Toshkent viloyatida 887 ta umumta’lim maktablari bo‘lib, ularda jami 1 ming 173 ta kompyuter sinfi mavjud. Shundan 84,6 foizi zamonaviy kompyuter texnikasi bilan ta’minlangan. Prezidentimizning 2022 yil 11 maydagi “Maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazkur yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarni tizimli ravishda amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xususan, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ajratilgan hamda “Ta’lim-ta’minot” davlat unitar korxonasi tomonidan belgilangan 62 ta umumta’lim maktablariga zamonaviy kompyuterlar jamlanmasi tarqatiladi. Buning uchun Mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan Toshkent viloyati hokimligi tomonidan 11 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Mazkur tashabbus o‘quvchilarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yaxshi bilim olishi va “Bir million” dasturchi loyihasida dasturlash sohasini keng o‘rganishlari uchun keng imkoniyatdir.
***
Toshkent viloyati prokuraturasi organlari tomonidan Boshqaruv servis kompaniyalarining majburiy badal to‘lovlarida yuzaga kelgan debitor qarzdorliklarni qisqartirish hamda ko‘p xonadonli uy-joylarni kuz-qish mavsumiga shay holatga keltirish bo‘yicha muayyan ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Boshqaruv servis kompaniyalarining majburiy badal to‘lovlarida yuzaga kelgan debitor qarzdorliklarni qisqartirish maqsadida tuzilgan hududiy Shtablar tomonidan olib borilgan nazorat tadbirlarida 36,7 milliard so‘m qarzdorliklarni undirilishi ta’minlandi.

Shuningdek, 15,1 milliard so‘m qarzdorlik noreal deb topilib, hisobdan chiqarilgan hamda 63,2 milliard so‘mlik qarzdorliklarni undirish yuzasidan sudlarga arizalar kiritilgan. Nazorat tadbirlarida aniqlangan qonun buzilish holatlari yuzasidan 8 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davomida aniqlangan zararni undirish choralari ko‘rilmoqda.
A.Musayev,O‘zA.
Muallif: abdulazizmusayev




