O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Oliy ta’lim sohasiga yetakchi xorijiy ta’lim muassasalarining ilg‘or tajribasini joriy etish ishlarini yanada kengaytirish, ular bilan hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim sohasiga chet el investitsiyalarini jalb etish, shuningdek, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida:

1. Quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi, Arizona davlat universiteti (AQSH) hamda “Cintana Education” kompaniyasi (AQSH) o‘rtasida 2023 yil sentyabr oyida Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universitetini tashkil etish to‘g‘risida ahdlashuv memorandumi imzolanganligi;

Toshkent shahridagi Amerika texnologiyalar universitetining ta’lim jarayonini tashkil etishda Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan “Cintana Education” kompaniyasi hamkor etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Cintana Education” kompaniyasining (AQSH) Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universitetini (keyingi o‘rinlarda – Universitet) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.

3. Quyidagilar Universitetning asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:

muhandislik, sog‘liqni saqlash, axborot texnologiyalari, arxitektura va dizayn, iqtisodiyot va moliya, xalqaro munosabatlar sohalari uchun oliy ma’lumotli kadrlarni xalqaro standartlar darajasida tayyorlash;

o‘quv-tarbiya jarayonini ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda jahonning yetakchi universitetlarida joriy etilgan ta’lim texnologiyalari va usullari asosida tashkil etish;

talabalarning intellektual qobiliyatini rivojlantirish, bilimini amaliy tajribalar orqali mustahkamlashga, o‘quv materiallarini samarali va puxta o‘zlashtirishga xizmat qiladigan har tomonlama qulay ta’lim muhitini shakllantirish;

ta’lim va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida yetakchi xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlikni mustahkamlash, talabalarning akademik mobilligini yo‘lga qo‘yish;

ilmiy-pedagogik salohiyatni oshirib borish, jumladan, professor-o‘qituvchilar stajirovkasi va malaka oshirishini nufuzli xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ilmiy-tadqiqot markazlarida tashkil etish;

ta’lim-tarbiya jarayonini talabalarda yuksak ma’naviy va axloqiy fazilatlarni rivojlantirish, Vatanga muhabbat va sadoqat, xalq manfaatlari uchun xizmat qilish tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlod sifatida tarbiyalashga qaratgan holda tashkil etish.

4. Belgilab qo‘yilsinki:

Universitet nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi hamda o‘z faoliyatini 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablari asosida amalga oshiradi;

Universitetda talabalarni o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi hamda qabul parametrlari va talabalarni o‘qitish uchun to‘lov-kontrakt summasi Universitet tomonidan belgilanadi;

Universitetga abituriyentlar qabuli va bitiruvchilar attestatsiyasi Universitet tomonidan belgilangan talab va tartibga muvofiq amalga oshiriladi;

Universitet to‘liq akademik, moliyaviy va tashkiliy mustaqil oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi;

Universitet bitiruvchilariga Arizona davlat universitetining yoki Amerika Qo‘shma Shtatlarida tan olinadigan hamkor xorijiy oliy ta’lim tashkilotining diplomi beriladi. Bunda, bitiruvchilarga berilgan diplom O‘zbekiston Respublikasida tan olinadi;

Universitetda qo‘shma ta’lim dasturlarining xorijiy universitetda o‘qish qismini bakalavriatda “3+1”, magistraturada “1+1” va boshqa shaklda, jumladan, masofaviy tarzda amalga oshirish imkoniyati yaratiladi;

Universitet faoliyati ta’sischilar mablag‘lari, to‘lov-kontrakt asosida talabalarni o‘qitishdan tushgan mablag‘lar, homiylik xayriyalari, grantlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.

5. “Cintana Education” kompaniyasi (AQSH) quyidagilarni ta’minlash majburiyatini o‘z zimmasiga olishi ma’lumot uchun qabul qilinsin:

Universitetni tashkil etish va uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 2024-2030 yillarda 30 million AQSH dollari, 2030-2035 yillarda 20 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish hamda investitsiyalarning kamida 50 foizini Universitet moddiy-texnika bazasini shakllantirishga sarflash;

Universitetga Arizona davlat universitetini hamkor sifatida jalb etish hamda Universitetda ta’lim jarayonini hamkor universitetning andozasi, o‘quv-metodik va texnologik qo‘llab-quvvatlashi asosida tashkil etish;

Universitetning kutubxona fondini shakllantirish, uni zamonaviy o‘quv, o‘quv-metodik va ilmiy-texnik adabiyotlar bilan to‘ldirish hamda talabalar uchun Arizona davlat universitetining kutubxona fondidan foydalanish imkoniyatini yaratish;

Universitetda Arizona davlat universiteti va nufuzli reyting tashkilotlarining yuqori 200 talik ro‘yxatiga kirgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash hamda xorijiy oliy ta’lim tashkilotlarining diplomini berishni nazarda tutuvchi qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish.

6. Toshkent shahri, Beshyog‘och ko‘chasi, 1-uy manzilida joylashgan bino-inshootlar unga biriktirilgan hudud bilan birgalikda “Cintana Education” kompaniyasiga (AQSH) Universitetni tashkil etish uchun 49 yil muddatga ijaraga berilsin.

7. Toshkent shahridagi Amerika texnologiyalar universiteti faoliyatini yo‘lga qo‘yish va muvofiqlashtirish bo‘yicha boshqaruv kengashi (keyingi o‘rinlarda – Boshqaruv kengashi) tashkil etilsin va uning tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Boshqaruv kengashiga quyidagi vakolatlar berilsin:

Universitetni rivojlantirish dasturi, maqsadli ko‘rsatkichlari loyihasini ko‘rib chiqish va kelishish;

Universitet oldiga qo‘yilgan vazifalarijrosi, maqsadli ko‘rsatkichlargaerishish holatini nazorat qilib borish va yillik hisobotlarni qabul qilish;

ta’sischilarning investitsiyaviy va boshqa majburiyatlari bajarilishi yuzasidan monitoring olib borish;

Universitet rektori va prorektorlari lavozimiga tavsiyaetilayotgan nomzodlarni ko‘rib chiqish va xulosa berish;

Universitetning o‘z ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlashga ruxsat berish yuzasidan qaror qabul qilish.

8. Boshqaruv kengashi (O.Abduraxmanov):

ikki hafta muddatda Universitetning Toshkent shahri, Beshyog‘och ko‘chasi, 1-uy manzili bo‘yicha joylashtirilishini;

2024 yil 1 avgustga qadar Universitet tomonidan xorijdan jalb qilinadigan professor-o‘qituvchilarni joylashtirish uchun ijara turar joylari tayyorlanishini;

2025 yil 1 sentyabrga qadar Universitet kampusini qurish uchun Toshkent shahri hududidan zarur yer maydonining belgilangan tartibda ajratilishini ta’minlasin.

9. Tashqi ishlar vazirligi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining viza talabnomalariga binoan Universitetga jalb qilinadigan xorijiy professor-o‘qituvchilar va ma’muriy xodimlar hamda ularning oila a’zolari uchun kirish vizalari konsullik yig‘imlar va haqiqiy xarajatlarning o‘rnini qoplash hisobidan yig‘imlar undirmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.

10. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyurtmanomalariga ko‘ra Universitetni tashkil etish va uning faoliyat yuritishida ishtirok etadigan xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) ta’minlasin.

11. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A.Sharipov belgilansin.

Qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.K.Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi

Prezidenti                                                                Sh.MIRZIYOEV

Toshkent shahri,

2024 yil 17 iyul

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida