Inson huquqlari va qonuniy manfaatlariga bağişlandi
Inson huquq va erkinliklarini taʼminlaş, qonun ustuvorligini mustahkamlaş hamda har bir fuqaroning şaʼni va qadr-qimmatini himoya qiliş Yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlarning muhim yönalişlaridan biridir. Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan inson qadrini uluğlaş, jamiyatda adolat va qonuniylik tamoyillarini qaror toptiriş borasida olib borilayotgan işlar qamoqda saqlanayotgan şaxslarning ham huquq va manfaatlarini taʼminlaşni nazarda tutadi.
Bu borada jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş, fuqarolarning huquqiy bilimini oşiriş va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilişda Ombudsman instituti muhim örin tutadi.
Ana şu maqsadda tergov hibsxonasida Oliy Majlisdagi Inson huquqlari yuzasidan Buxoro viloyati böyiça mintaqaviy vakili Abira Huseynova tomonidan “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida maʼrifiy tadbir taşkil etildi.
Unda muassasada xöjalik işlarini bajariş uçun qoldirilgan 25 nafar mahkum iştirok etdi. Uçraşuv davomida Ombudsmanning qonunçilikda belgilangan vakolatlari, inson huquq va erkinliklarini himoya qiliş mexanizmlari, murojaatlarni körib çiqiş tartibi hamda huquqlari buzilgan taqdirda vakilga murojaat qiliş imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot berildi.

Tadbirning ahamiyatli jihati şundaki, iştirokçilar nafaqat öz huquq va majburiyatlari haqida maʼlumot oldi, balki qonunçilikda belgilangan huquqiy himoya mexanizmlaridan foydalaniş tartibini ham tuşunib oliş imkoniga ega bölişdi. Şuningdek, mintaqaviy vakil voyaga yetmaganlar saqlanayotgan kameralarga kirib, ular bilan yuzma-yuz muloqot qildi. Ularning saqlaniş şaroitlari, kundalik ehtiyojlari va mavjud muammolari örganildi.
Vakil ayol mahbuslar saqlanayotgan kameralarda ham bölib, har bir ayol bilan alohida suhbatlaşdi. Ularning yaşaş şaroitlari, ijtimoiy ehtiyojlari va murojaatlari tinglandi. Muloqotlar davomida aniqlangan ayrim ijtimoiy masalalarni hal etiş yuzasidan tegişli çoralar belgilab olindi.

Bunday uçraşuv va örganişlarning ahamiyati şundaki, inson huquqlarini himoya qiliş faqat qonun normalarini tuşuntiriş bilan çeklanmaydi. Bu, avvalo, har bir şaxsning holatini eşitiş, uning muammosini örganiş va qonuniy yeçim topişga kömaklaşişni ham talab etadi.
“Ombudsman maktabi” loyihasi doirasidagi tadbirlar ham huquqiy savodxonlikni oşiriş, inson huquqlariga hurmat tuyğusini mustahkamlaş va jazoni ijro etiş hamda saqlaş muassasalarida qonuniylikka rioya etilişi ustidan jamoatçilik nazoratini taʼminlaşga xizmat qiladi.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri