Transport vazirligining ma’lum qilishicha, «Toshkent-Markaziy» (Shimoliy) vokzali orqali harakatlanuvchi deyarli barcha poyezdlar 15 iyuldan 15 avgustgacha «Toshkent-Janubiy» vokzaldan jo‘naydi.

«To‘qimachi» hamda «Toshkent yo‘lovchi» bekatlari oralig‘idagi temir yo‘lda ta’mirlash ishlari olib boriladi.

Shu bois, «Olma-ota–Toshkent–Olma-ota», «Toshkent–Novosibirsk–Toshkent», «Toshkent–Samara–Toshkent» yo‘nalishida harakatlanadigan yo‘lovchi poyezdlari hamda «Toshkent–Hojikent–Toshkent» shaharlararo poyezdlaridan tashqari bugungi kunda «Toshkent-Markaziy» temir yo‘l vokzalidan qatnovini amalga oshirib kelayotgan barcha yo‘lovchi poyezdlar «Toshkent-Janubiy» vokzaldan o‘z harakatini boshlaydi.

Jumladan, bir oy mobaynida yuqori tezlikda harakatlanuvchi «Afrosiyob» elektropoyezdlari, «Sharq», «Nasaf» hamda «Toshkent–Andijon–Toshkent», «Toshkent–Volgograd–Toshkent», «Dushanbe–Toshkent–Dushanbe» yo‘lovchi poyezdlari «Toshkent-Janubiy» vokzal hududidan reyslarini amalga oshiradi.

«Toshkent-Markaziy» hamda «Toshkent-Janubiy» vokzallaridagi barcha chiptaxonalar tunu kun faoliyat ko‘rsatadi. Bundan tashqari, chiptalarni elektron tarzda ham olish mumkin.

Shuningdek, bir oy mobaynida «Toshkent-Markaziy» vokzalidagi chiptaxonalardan poyezd jo‘nashidan oldin chipta xarid qilgan yoki yanglishib Markaziy vokzalga kelib qolgan yo‘lovchilarni «Toshkent-Janubiy» vokzalga olib borish uchun vaqtincha bepul avtobuslar ham qo‘yiladi.

Sh. Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Toshkent-Markaziy» temiryo‘l vokzalidan aksariyat poyezdlar harakati to‘xtatiladi