Ma’lumki, 2024 yilning 15 iyulidan 15 avgust sanasiga qadar, “To‘qimachi” bekatida modernizatsiya ishlari olib borilishi munosabati bilan Toshkent-Markaziy vokzalidan harakatlanadigan yo‘lovchi poyezdlar Toshkent Janubiy vokzalidan harakatlanib kelayotgan edi.

Joriy yil 16 avgustdan boshlab esa “Afrosiyob”, “Sharq” va “Nasaf” poyezdlari avvalgidek Shimoliy vokzaldan, shaharlararo poyezdlar esa Janubiy vokzaldan qatnay boshlaydi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ xabariga ko‘ra, Toshkent-Markaziy vokzalidan qatnovchi mahalliy yo‘nalishlarga sayohatni avvalgidek, ya’ni yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob”, tezyurar “Sharq”, “Nasaf”, “O‘zbekiston” poyezdlari va “Toshkent — Volgograd — Toshkent” yo‘nalishida harakatlanuvchi poyezdlar Toshkent-Markaziy vokzalidan harakatlanadi, hozirda Toshkent-Markaziy vokzali va “To‘qimachi” bekatidan harakatlanayotgan shaharlararo Xojikent, Guliston, Angren, Xavast, Bekobod yo‘nalishlaridagi poyezdlar 16 avgust sanasidan boshlab Toshkent-Janubiy vokzalidan harakatlanadi.

Muhayyo Toshqorayeva,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Toshkent – Markaziy” temir yo‘l vokzali o‘z ishini tiklamoqda