Toşkent jahon boks markaziga aylanadi
Poytaxtimizda boks böyiça Jahon kubogining final bosqiçi ötkaziladi.
Joriy yilning 26-noyabr – 4-dekabr kunlari poytaxtimizda kattalar örtasida boks böyiça Jahon kubogining final bosqiçi bölib ötadi. Dunyoning eng kuçli boksçilarini bir maydonga jamlaydigan nufuzli musobaqa "Olimpiya şaharçasi"da taşkil etiladi.
World Boxing taşkiloti taqvimiga kiritilgan mazkur musobaqa 2026-yilgi Jahon kubogi turkumining yakuniy bosqiçi hisoblanadi. Seriyaning birinçi bosqiçi aprel oyida Braziliyada, ikkinçisi esa iyun oyida Xitoyda ötkazilgan.
Kubok bahslari Özbekiston Sport vazirligi, Milliy olimpiya qömitasi va Özbekiston boks federatsiyasi va bir qator hamkor taşkilotlar tomonidan taşkil etiladi. Musobaqada erkaklar va ayollar örtasida jami 20 ta vazn toifasida ğoliblar aniqlanadi. Erkaklar 50, 55, 60, 65, 70, 75, 80, 85, 90 va 90 kilogrammdan yuqori, ayollar esa 48, 51, 54, 57, 60, 65, 70, 75, 80 va 80 kilogrammdan yuqori vazn toifalarida ringga kötariladi.
Har bir vazn toifasida sakkiz nafardan boksçi iştirok etadi. Mezbon mamlakatga har bir vazn böyiça bitta iştirokçi örni kafolatlangan. Qolgan yetti örin Braziliya va Xitoyda ötkazilgan Jahon kubogi bosqiçlaridagi natijalar asosida taqsimlangan. Boksçilarning oçkolari teng kelgan holatlarda jahon reytingi körsatkiçlari inobatga olingan.
Özbekiston terma jamoasi musobaqada 18 nafar sportçi bilan iştirok etadi. Ularning 10 nafari erkaklar, 8 nafari ayollar jamoasi vakillari.
Erkaklar örtasida Şodiyorjon Meliqöziyev (50 kg), Asilbek Jalilov (55 kg), Samandar Olimov (60 kg), Abdurahmon Mahmudjonov (65 kg), Abdulloh Madaminov (70 kg), Safarmurod Allaberganov (75 kg), Javohir Ummataliyev (80 kg), Norbek Abdullayev (85 kg), Akmaljon Isroilov (90 kg) va Jahongir Zokirov (90 kg.dan yuqori) yurtimiz şarafini himoya qiladi.

Ayollar jamoasi safidan esa Farzona Fozilova (48 kg), Feruza Kazakova (51 kg), Nigina Öktamova (54 kg), Xumorabonu Mamajonova (57 kg), Sitora Turdibekova (60 kg), Navbahor Hamidova (65 kg), Aziza Zokirova (70 kg) va Ruxşona Parpiyeva (80 kg) örin olgan.

Milliy terma jamoamiz tarkibidagi Javohir Ummataliyev 80 kilogrammgaça vazn toifasida amaldagi jahon çempioni hisoblanadi. Jahon çempionatida kumuş medal olgan Jahongir Zokirov ham öz vazn toifasida yurtimizdan asosiy daʼvogarlardan biri sifatida maydonga tuşadi.
Musobaqaning rasmiy qurʼasi 27-noyabr kuni soat 17:00 da ötkaziladi. Bellaşuvlar har kuni ikki sessiyada, bitta ringda taşkil etiladi. 28-noyabr kuni çorak final bahslari boşlanib, 3-dekabr kuni 20 ta final uçraşuvi orqali çempionlar nomi maʼlum böladi.
Jahon kubogining Toşkentdagi final bosqiçi sportçilar uçun nafaqat nufuzli sovrinlar, balki xalqaro reyting oçkolarini jamğariş nuqtai nazaridan ham muhim ahamiyatga ega. Uşbu musobaqada töplanadigan oçkolar 2027 va 2028-yillardagi Olimpiya öyinlariga saralaş musobaqalarida boksçilarni reyting asosida joylaştirişda inobatga olinadi.

Javohir Toşxöjayev,
ÖzA