Tört faslda birdek iş rejasida işlaş doimiy şiorimiz
Sovuq mavsum boşlangaç xonadonlarni issiqlik bilan taʼminlaşda kömir mahsuloti muhim örin tutadi. Şu bois uning narxi, sifati, zaxirasi va aholiga yetkazib beriş tartibi har yili jamoatçilik eʼtiborida böladi. Ayni paytda sohada yangi bozor mexanizmlarining joriy etilişi kömir savdosida raqobatni kuçaytiriş, isteʼmolçilarga tanlov imkoniyatini yaratiş bilan birga, taʼminot jarayonidagi har bir iştirokçining masʼuliyatini ham oşirmoqda.
Mazkur jarayonlar haqida “Özbekkömir” AJ marketing va mahsulot sotiş bölimi yetakçi mutaxassisi Hojiakbar Jumaboyevga bir neça savollar bilan murojaat qildik.
– Tizimdagi özgarişlar amalda qanday natija beradi va aholi kömirni qanday tartibda xarid qiladi?

– Avvalo, bir jihatni inobatga oliş kerak. Mahsulot narxi 2019-yildan buyon deyarli özgarmagan bölsa-da, uni qazib oliş va işlab çiqariş bilan boğliq xarajatlar muntazam oşib bordi. Elektr energiyasi, yoqilği, ehtiyot qismlar, texnika taʼmiri, iş haqi va boşqa xarajatlar bundan mustasno emas. Konlarga yangi texnika oliş, mavjud uskunalarni yangilaş, işlab çiqariş quvvatlarini oşiriş uçun ham mablağ zarur. Korxona faqat bugungi ehtiyojni qondiriş bilan çeklanib qolmasligi, ertangi kun uçun ham işlaşi kerak. Şu maʼnoda narx masalasiga faqat isteʼmolçi nuqtai nazaridan emas, balki işlab çiqarişning barqarorligi nuqtai nazaridan ham qaraş lozim.
– Kömirning bozordagi narxlari ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga taʼsiri qanday va ularga belgilangan tartibda imtiyozlar bormi?
– Bozor mexanizmlariga ötiş ijtimoiy himoyadan voz keçiş degani emas. Aksinça, yordamga muhtoj oilalarni manzilli qöllab-quvvatlaş nazarda tutilgan. Joriy mavsumda ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan oilalarga kömir xaridi uçun kompensatsiya ajratiş mexanizmi belgilangan. Xususan, bir tonna kömir uçun 300 ming söm hisobida, jami 600 ming sömgaça kompensatsiya berilişi közda tutilgan.

Bu ehtiyojmand oilalarning yoqilği xaridi bilan boğliq xarajatlarini yengillaştirişga qaratilgan amaliy yordamdir. Şu bois yangi tizimni faqat narxlarning özgarişi bilan baholaş töğri emas. Unda isteʼmolçi tanlovi, tadbirkorlar örtasidagi raqobat va ijtimoiy himoya mexanizmlari birgalikda közda tutilgan.
Ilgari Angren kömiri hududlar miqyosida bitta yoki ikkita tumanga bitta ombor orqali sotilardi. Natijada isteʼmolçining sotuvçini tanlaş imkoniyati çeklangan edi. Köp hollarda mavjud ombordagi narx va xizmat körsatiş şartlariga rozi bölişga töğri kelardi. Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyuldagi “Kömir sanoatida bozor mexanizmlari joriy etilişi munosabati bilan ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori bilan joriy etilgan yangi tartibning muhim jihati – sohada raqobat muhitini şakllantirişga yöl oçilayotganidir.
Endilikda har bir hudud böyiça kamida uçta tadbirkorlik subʼekti faoliyat yuritişi uçun şaroit yaratilişi közda tutilgan. Bu bir hududda bir neçta sotuvçi paydo bölişi, ularning xaridorni jalb qiliş uçun narx, xizmat körsatiş va yetkazib beriş şartlari böyiça raqobatlaşişini anglatadi. Raqobat bölsa, tanlov paydo böladi. Tanlov esa, avvalo, isteʼmolçi manfaatiga xizmat qilişi kerak.
– Jamoatçilik tomonidan notöğri talqin va tuşunmovçiliklar sabab kömir sifati yoki narxidan norozi bölgan isteʼmolçi qayerga murojaat qilişi lozim?
– Yangi tartibning mohiyatini hali töliq anglab yetmagan, ayrim jihatlaridan norozi bölayotgan isteʼmolçilar ham bor. Axir odamlar yillar davomida bir xil tartibga örgangan. Endi esa xarid qiliş, sotuvçini tanlaş, buyurtma beriş va mahsulotni yetkazib oliş jarayonlari özgarmoqda. Har qanday yangilikning afzalliklarini anglaş va undan foydalanişni örganiş uçun vaqt kerak. Bizning vazifamiz esa aholiga yangi tizimni tuşuntiriş, ularning savollariga javob beriş va yuzaga kelayotgan muammolarni hal etişga kömaklaşişdan iborat.

“Özbekkömir” AJning asosiy vazifasi – konlarda kömir qazib oliş, uni saralaş, belgilangan sifat talablariga muvofiq tayyorlaş va tadbirkorlarga yuklab jönatiş. Yaʼni bizning masʼuliyatimiz kondan “Angren” kömir yiğiş punktigaça bölgan işlab çiqariş va yuklaş jarayonini qamrab oladi. Şundan keyingi taşiş, saqlaş, sotiş va isteʼmolçiga yetkazib beriş jarayonlarida taʼminot zanjirining boşqa iştirokçilari ham öz masʼuliyatiga ega. Bu masalada masʼuliyat çegarasini aniq tuşunib oliş zarur, deb öylayman.
Agar xaridor kömirning sifati yoki narxidan norozi bölsa, birinçi navbatda mahsulotni sotgan tadbirkorga murojaat qilişi kerak. Tadbirkor ham xaridor oldidagi masʼuliyatini his qilişi, sotilayotgan mahsulotning sifati va narxi böyiça zarur tuşuntiriş berişi şart. Agar sunʼiy ravişda narx oşiriş yoki asossiz qimmatlaştiriş holatlari kuzatilsa, Raqobat qömitasiga murojaat qiliş maqsadga muvofiq. Şu bilan birga isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş böyiça jamoat birlaşmalariga ham murojaat etiş imkoniyati bor.
– “Özbekkömir” AJning masʼuliyati aynan qaysi bosqiçni qamrab oladi va “mycoal.uz” platformasi aholiga qanday qulaylik yaratadi?
– Bu borada tadbirkorlar va isteʼmolçilar bilan zarur tuşuntiriş işlari olib borilmoqda. Hududlarga çiqib, joylardagi muammolar örganilmoqda. Şu bilan birga, taʼminot zanjirining har bir böğinidagi iştirokçi öz vazifasini sidqidildan bajarişi zarur. Zero, kömirni qazib olişdan tortib, uni isteʼmolçi xonadoniga yetkazib berişgaça bölgan jarayonning barça bosqiçlari özaro boğliq. mycoal.uz platformasining eng katta qulayligi esa uydan çiqmasdan ham kömir buyurtma qiliş imkoniyatidir. Onlayn tarzda tadbirkorlarning takliflari bilan tanişiş, narxlarni taqqoslaş, öziga maʼqul sotuvçini tanlaş va buyurtma beriş mumkin. Platformadagi maʼlumotlar asosida tanlov qilib, buyurtmani rasmiylaştirişi mumkin. Şuningdek, mahsulotni yetkazib beriş şartlari bilan ham oldindan tanişiş imkoniyati bor.

Albatta, tizimning töliq samara berişi uçun tadbirkorlar ham öz vazifalarini masʼuliyat bilan bajarişi, maʼlumotlarni platformaga öz vaqtida joylaştirişi va buyurtmalarni belgilangan tartibda bajarişi zarur.
– Mamlakatimizdagi kömir zaxiralari aholi va sanoat ehtiyojlarini taʼminlaş uçun yetarlimi?
– Tahlillarga köra, kömirning umumiy zaxiralari 2 milliard tonna atrofida. Şundan qariyb 1,7 milliard tonnasi Angren kömir havzasi hissasiga töğri keladi. Angren kömir havzasi mamlakatimiz yoqilği-energetika tizimida muhim örin tutadi. Bizning kömir qönğir kömir turiga kiradi. Uning öziga xos xususiyatlari bor: nisbatan yumşoq, issiqlik beriş quvvati ayrim yuqori kaloriyali toşkömir turlariga qaraganda pastroq. Ammo aynan şu xususiyatlari va narxni jihatidan maqbulligi uni aholi ehtiyojlari uçun muhim yoqilği turiga aylantiradi.
Yuqori kaloriyali kömir turlari esa, asosan, ayrim sanoat korxonalari, jumladan, ğişt va sement işlab çiqariş zavodlari uçun maqbul hisoblanadi. Qiş ostonasida turgan paytimizda masʼuliyat yanada ortadi. Aholining kömir bilan taʼminlanişi, tadbirkorlarning mahsulotni öz vaqtida xarid qilişi, yuklab jönatiş va yetkazib beriş jarayonlari – bularning barçasi doimiy eʼtiborni talab qiladi.
Hozir mycoal.uz platformasi bilan işlaş, tadbirkorlar bilan muntazam muloqot qiliş, ularning murojaatlarini örganiş, hududlardagi holatni kuzatiş va yuzaga kelayotgan masalalarga yeçim topiş kabi vazifalarimiz bor. Baʼzan bir masala hal bölmasidan ikkinçisi paydo böladi. Şuning uçun iş vaqti bilan çeklanib qoliş qiyin. Mehnatimiz samarasiz ketmaydi. Zero, biz uçun eng muhimi – aholining qişni xotirjam ötkazişi.
Suhbatni Abdulaziz Musayev yozib oldi.
ÖzA.