Tomorqadan daromad, mehnatdan baraka
Bugun yurtimizda aholi bandligini taʼminlaş, xonadonlar daromadini oşiriş va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirişda tomorqaçilik imkoniyatlaridan samarali foydalanişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Davlat rahbari ilgari surayotgan taşabbuslar zamirida ham har bir oilani daromadli qiliş, aholining öz mehnati orqali farovon hayot keçirişi uçun şaroit yaratişdek ezgu maqsad mujassam.
Zero, tomorqa — şunçaki yer maydoni emas, balki oila farovonligi, dasturxon tökinligi va qöşimça daromad manbaidir. Undan oqilona foydalangan xonadon yilning turli fasllarida öz ehtiyojini taʼminlaş barobarida bozorga ham sifatli mahsulot yetkazib, iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirişi mumkin.
Buxoro viloyatining Quyi Yangiobod mahallasida yaşovçi Tölqin Rahimov ana şu imkoniyatlarni amalda röyobga çiqarayotgan mirişkor dehqonlardan. U tomorqasida ikkita ixçam issiqxona taşkil etib, dehqonçilikni oilaviy daromad manbaiga aylantirgan. Ayni paytda issiqxonalardan birida bulğor qalampiri yetiştirib, möl va sifatli hosil olişga erişmoqda.
Uning aytişiça, bu işga qöl urişida mahalladagi hokim yordamçisining kömagi muhim omil bölgan. Imtiyozli bank krediti asosida issiqxona taşkil etilib, dastlab tuproq unumdorligini oşirişga eʼtibor qaratilgan.
— Mahallamizdagi hokim yordamçisining kömagida imtiyozli bank krediti asosida issiqxona taşkil qildik. Avvalo, yerning unumdorligini oşiriş maqsadida Kaliforniya çuvalçanglari yordamida biogumus tayyorlab, tuproqqa soldim. Yer köçat ekişga tayyor bölgaç, bulğor qalampirining «Vedrana» navini ekdik. Bu navning turli kasalliklarga çidamliligi eʼtiborimizni tortdi, — deydi Tölqin Rahimov.

Dehqonning tanlovi bejiz emas. “Vedrana” navi nisbatan ertapişarligi, hosildorligi va turli iqlim şaroitlariga moslaşuvçanligi bilan ajralib turadi. Köçatlar ekilganidan keyin 60–65 kun içida hosilga kiradi. Qalampir mevalarining vazni esa 150–250 grammgaça yetişi mumkin. Bu xususiyatlar issiqxona şaroitida qisqa muddatda bozorbop mahsulot yetiştiriş imkonini beradi.
Bu jarayonda eʼtiborga molik jihat şundaki, Tölqin Rahimov faqat köçat ekiş va hosil oliş bilan çeklanmayapti. U tuproq unumdorligini tabiiy usulda oşiriş, issiqxona imkoniyatlaridan unumli foydalaniş orqali dehqonçilikda samaradorlikka erişmoqda. Bu esa tomorqaçilikda zamonaviy agrotexnologiyalar va ilğor tajribalarni qöllaş qançalik muhim ekanini körsatadi.
Aslida, bunday misollar davlatimiz tomonidan aholi tomorqalarini daromad manbaiga aylantirişga qaratilayotgan eʼtiborning hayotiy ifodasidir. Mahallalarda hokim yordamçilari kömagida imtiyozli kreditlar ajratilişi, xonadonlarda ixçam issiqxonalar taşkil etilişi, aholiga zarur maslahat va amaliy yordam körsatilişi taşabbuskor insonlar uçun yangi imkoniyatlar eşigini oçmoqda.

Eng muhimi, bu imkoniyatlardan samarali foydalaniş har bir xonadonning öz qölida. Tölqin Rahimovning tajribasi ham katta yer maydoni yoki ulkan sarmoyasiz, mavjud resurslarni töğri yönaltiriş, mehnat va izlaniş orqali ham munosib daromad topiş mumkinligini körsatadi.
Zero, har bir qariç yerdan unumli foydalaniş — nafaqat bir oilaning iqtisodiy barqarorligi, balki hududda oziq-ovqat mahsulotlari yetiştiriş hajmini oşiriş, aholi bandligini taʼminlaş va bozorlar tökinligini mustahkamlaşga ham xizmat qiladi. Tomorqadagi bugungi mehnat ertangi farovonlikka qöyilgan mustahkam poydevordir.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri