Tomorqa xöjaliklarida suv tejaşning yangi imkoniyatlari
Bugungi kunda suv resurslaridan oqilona foydalaniş, mavjud suv manbalarini asraş va qişloq xöjaligida tejamkor texnologiyalarni keng joriy etiş tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, aholi tomorqalarida yetiştirilayotgan mahsulotlar mamlakat oziq-ovqat taʼminotida muhim örin tutişini inobatga olsak, kiçik yer maydonlarini ham suv bilan samarali taʼminlaş masalasi alohida eʼtibor talab etadi.
Şu maqsadda Toşkent viloyatida quyoş energiyasida işlaydigan mobil tomçilatib suğoriş qurilmasidan foydalaniş böyiça öquv-dala seminarlari taşkil etildi. Özbekiston Respublikasi Suv xöjaligi vazirligi, “Suvçi” jamoat birlaşmasi hamda Koreya Xalqaro taraqqiyot hamkorlik markazi hamkorligida ötkazilayotgan mazkur tadbirlarda Çirçiq-Ohangaron irrigatsiya tizimlari havza boşqarmasi tasarrufidagi xodimlari, fermer va dehqon xöjaliklari vakillari, tomorqa yer egalari iştirok etmoqda.

Maqsad — “Suvçi” jamoat birlaşmasi mutaxassislari tomonidan işlab çiqilgan, quyoş energiyasida işlaydigan nasos qurilmasi orqali suv yetkazib beruvçi past bosimli mobil tomçilatib suğoriş tizimining imkoniyatlarini keng tuşuntiriş, iştirokçilarga uning işlaş tartibi böyiça nazariy va amaliy bilim berişdan iborat. Maşğulotlarning nazariy qismi “Suvçilar maktabi” auditoriyalarida, amaliy qismi esa Örta Çirçiq tumanidagi Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti Milliy tadqiqot universitetining öquv-ilmiy tajriba xöjaligi dalasida ötkazildi.
Seminarning birinçi qismida suv resurslarining bugungi holati, dunyo va mintaqada kuzatilayotgan suv taqçilligi, uning salbiy oqibatlarini yumşatiş çoralari, şuningdek, kiçik maydonlarda suv tejovçi texnologiyalarni qöllaş imkoniyatlari muhokama qilindi. Koreya va Özbekistonda tomçilatib suğoriş texnologiyalarini rivojlantiriş hamda xalqaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan ham fikr almaşildi. Ikkinçi qismda iştirokçilar mobil qurilmani dala şaroitida örnatiş, quyoş panellari yordamida nasosni işga tuşiriş, suğoriş quvurlarini montaj qiliş va tizimdan foydalaniş jarayonlari bilan bevosita tanişdi.

Uşbu qurilmani suğoriladigan maydonga olib borib, suv manbaiga yaqin joyga örnatiş mumkin. Agar dala yaqinida suv manbai bölmasa, idiş suv bilan töldirilib, qurilma kerakli joyga yetkaziladi. Quyoş panellari işlab çiqarayotgan elektr energiyasi nasos qurilmasini harakatga keltiradi va suvni tizimga uzatiş imkonini beradi. Suğoriş jarayoni tugagaç, quvurlar yiğib olinadi va qurilma boşqa maydonga köçiriladi. Demak, undan bir neçta kiçik yer maydonlarida navbatma-navbat foydalaniş mumkin.
Tizimning yana bir muhim jihati şundaki, past bosimli tomçilagiç quvurlar orqali loyqali suv ham ötişi mumkin. Bunda suvni oldindan loyqadan tozalaş talab etilmaydi. Bu esa qurilmadan turli suv manbalari mavjud bölgan hududlarda foydalaniş imkoniyatini kengaytiradi. Quyoş panellari işlab çiqaradigan elektr energiyasi faqat nasos qurilmasini işlatiş bilan çeklanmaydi. Undan dala şiyponlarini yoritiş, mobil telefonlarni quvvatlaş, televizor va kiçik quvvatli sovutgiçlarni işlatişda ham foydalaniş mumkin. Qurilma işlab çiqaradigan elektr energiyasidan novegetatsiya davrida ham boşqa ehtiyojlar uçun foydalaniş imkoniyati mavjud.

Texnologiyaning samaradorligi tajriba natijalarida ham öz ifodasini topgan. Jumladan, bodring yetiştiriş böyiça ötkazilgan tajribalarda egatlar orqali 12-marta suğoriş uçun 3 ming 600 kub metr suv sarflangan bölsa, tomçilatib suğorişning 34-marta amalga oşirilişida 2 ming 200 kub metr suv işlatilgan. Natijada 38,9 foiz suv tejalgan. Mevali boğlarda esa suv tejaş körsatkiçi 65-75 foizgaça yetişi mumkin.
Seminar davomida iştirokçilar suv taqçilligi şaroitida bunday texnologiyalarning ahamiyati, ularni aholi örtasida ommalaştiriş va amaliyotga keng joriy etiş masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.
A.Musayev,ÖzA