Mintaqa Özbekistonning suv tejaşdagi islohotlarini örganmoqda
Mamlakatimizda agrar tarmoqni rivojlantiriş, suv resurslarini tejaş va işlab çiqarişga innovatsion texnologiyalarni olib kiriş borasida şakllangan tajriba xalqaro maydonda taqdim etilmoqda.
Toşkentda taşkil etilgan xalqaro öquv-amaliy dastur iştirokçilari bir hafta davomida sohadagi islohotlar bilan tanişib, ularning amaliy natijalarini joylarda köriş imkoniga ega bölmoqda.
Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjondan kelgan 30 nafar rahbar va mutaxassisni birlaştirgan "AgroWater Management" dasturi kunlari ötkazilmoqda. Loyiha Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boşqaruv samaradorligi agentligi, Qişloq xöjaligi va Suv xöjaligi vazirliklari hamda "Agrobank" hamkorligida amalga oşirilmoqda.
Dasturning muhim mavzularidan biri esa suvdan foydalaniş samaradorligini oşiriş. Oçiliş marosimida suv xöjaligi vaziri Şavkat Hamroyev mamlakatdagi suğoriladigan yerlar va suv resurslaridan foydalaniş körsatkiçlariga töxtalib, suvni tejaş agrar siyosatning eng muhim vazifalaridan biri ekanini qayd etdi.

Bugun respublikadagi 4,3 million gektar suğoriladigan yerning 2,8 million gektarida suv tejovçi texnologiyalar işlatilmoqda. Kelgusi rejalarga köra, bunday maydonlar 3,5 million gektarga, tomçilatib suğoriş tizimlari esa 853 ming gektarga yetkaziladi. Irrigatsiya obʼektlarini modernizatsiya qiliş, nasos stansiyalarida muqobil energiyadan foydalaniş va suv hisobini raqamlaştiriş orqali har yili kamida 11 milliard kub metr suvni tejaş közda tutilgan.
Xorijiy delegatsiya uçun Özbekiston tajribasi faqat irrigatsiya tizimi bilan çeklanmadi. Toşkent viloyatining Yangiyöl tumanida mehmonlar "Horrot Fish House" baliqçilik klasteri faoliyatini közdan keçirdi. Bu yerda ular intensiv usulda baliq yetiştiriş, sunʼiy havzalardan foydalaniş va suv aylanişini taʼminlovçi tizimlarning işlaş jarayoni bilan tanişdi.
60 milliard sömlik davlat-xususiy şeriklik loyihasi 264 gektar maydonni qamrab olgan. Unda 45 ta suv havzasi rekonstruksiya qilingan, Eron texnologiyalari asosida 300 ta intensiv basseyn taşkil etilgan. Şuningdek, xöjalikda osyotr baliğini sanoat miqyosida yetiştiriş yölga qöyilgan. Baliqçilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan işlab çiqilgan texnologiyaning amaliyotga tatbiq etilgani mazkur loyihaning muhim jihatlaridan biridir.

Mehmonlarga institut direktori Abdulla Qurbonov tarmoqdagi ilmiy izlanişlar va ularning işlab çiqarişdagi ahamiyati haqida maʼlumot berdi.
Taşriflar dasturi baliqçilik klasteri bilan tugamaydi. Iştirokçilar "Suvçilar maktabi", agroxizmatlar, ilmiy laboratoriyalar, fermer xöjaliklari va işlab çiqariş korxonalarida ham böladi. Toşkent va Samarqand viloyatlaridagi obʼektlarda ular suvni tejaş, irrigatsiya tarmoqlarini takomillaştiriş va agrar işlab çiqarişni zamonaviylaştiriş böyiça yeçimlarni örganadi.
Dasturning ahamiyati şundaki, iştirokçilar Özbekistondagi islohotlarni faqat taqdimotlar orqali emas, balki bevosita işlab çiqariş jarayonlari misolida baholaş imkoniga ega bölmoqda. Bu esa töplangan tajribani boşqa mamlakatlarda qöllaş, yangi hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş va mintaqada suv hamda oziq-ovqat xavfsizligiga qaratilgan umumiy yeçimlarni işlab çiqiş uçun zamin yaratadi.
Nasiba Ziyodullayeva, ÖzA