Andijonda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan yangi tizim asosida aholining tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish orqali daromadlarini oshirish chora-tadbirlari” mavzusida respublika ko‘rgazmali seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminarda vazirliklar, respublika tashkilotlari mutasaddilari, viloyatlar sektor rahbarlari, viloyatlar hokimlarining o‘rinbosarlari, tuman, shahar hokimlari, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari hamda respublikamizdagi og‘ir hudud deb topilgan mahallalarda ish olib borayotgan hokim yordamchilari, tijorat banklari boshqaruvchilari, shahar va tumanlar Mahalla uyushmasi tuman, shahar bo‘limlari rahbarlari ishtirok etdi. 

Seminar ishtirokchilari 7 ta guruhga bo‘lingan holda Andijon, Asaka tumanlarining qator mahallalarida bo‘ldi, aholi tomorqasi va ijara yerlardan foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, ilg‘or tajribalar bilan yaqindan tanishdi. 

Dastlab barcha guruh ishtirokchilari Andijon tumanidagi Sadda tagi mahallasida aholiga ijaraga berilgan yerlarda “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida to‘qsonbosti usulida ekilgan sarimsoqpiyoz yetishtirish, ichki bozorga yetkazib berish va eksport qilinishi jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

Shundan so‘ng seminar ishtirokchilari Andijon tumani, Teraktagi mahallasidagi “Sanoat XABI”da tashkil etilgan qishloq xo‘jaligi ishlariga mo‘ljallangan mini traktor, motokultivator va boshqa qishloq xo‘jaligi texnikalari, mevali va manzarali daraxt hamda gullar ko‘chatlari yarmarkasi bilan tanishdi.

[gallery-21859]

Asaka tumanida aholini tadbirkorlikka jalb etish, tomorqadan samarali foydalanishga ko‘maklashish maqsadida uy bekalari, ijaraga yer olgan fuqarolarni o‘qitish tajribasi yo‘lga qo‘yilgan. 

Seminar ishtirokchilari Asaka tumani Obod mahallasida tadbirkor Dilshodbek Rahimov xonadonida tomorqa, dehqon xo‘jaligi, yerga ishlov berish, mahsulot yetishtirish va sotishga ko‘maklashish yo‘nalishida tumanning turli mahallalaridan kelgan 30 nafar ayol ishtirokidagi o‘tkazilgan amaliy mashg‘ulotlar, o‘quv jarayoni bilan tanishdi. 

– Tumanimizda aholi bandligini ta’minlash, tomorqadan unumli foydalanish bo‘yicha ilg‘or tajribalarni ommalashtirish maqsadida tashkil etilayotgan o‘quvlarimiz ijobiy samara bermoqda, – deydi Asaka tumani hokimining o‘rinbosari Abdurahmon Mamatkarimov. – Ayniqsa, issiqxona tashkil etish, mahsulot yetishtirish bo‘yicha tajribali dehqonlardan ish o‘rganib, o‘z xonadonida issiqxona tashkil etib, oilasi daromadini oshirayotgan xonadonlar soni tobora ortib bormoqda.   

Seminar ishtirokchilari mazkur mahallada “Asaka agro olam” MCHJ tomonidan tashkil etilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda muhim bo‘lgan mineral o‘g‘itlar, kimyoviy vositalar, turli suspenziyalar, suv tejovchi texnologiyalar hamda purkagich apparatlar yarmarkasini ko‘zdan kechirdi. Ushbu texnika, uskuna va o‘g‘itlarni yetkazib berish xizmatlari qay tartibda yo‘lga qo‘yilganligi bilan yaqindan tanishdi. 

Shuningdek, “Agrobank” ATB filiallarida issiqxona egalari, dehqonlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, kredit olish tartib va imkoniyatlari bo‘yicha ko‘rgazma namoyish etildi. 

Shundan so‘ng seminar ishtirokchilari Asaka tumanining Otush mahallasi Qo‘rg‘onoldi ko‘chasidagi Bozorboy Sobirov, Otabek Ibragimov va G‘iyosiddin Jo‘rayevning xonadonida bo‘lib, issiqxonalarda pomidor, bodring va bulg‘or qalampiri ko‘chatlari yetishtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan bevosita tanishdi. 

Otush mahallasida tomorqadan unumli foydalanish, issiqxonalarda ko‘chat va poliz mahsulotlari yetishtirish borasida o‘ziga xos tajriba maktabi yaratilgan. Mahalla aholisi bu ish bilan ko‘p yillardan buyon shug‘ullanib keladi, buning ortidan har bir xonadon katta daromad topadi. 

Mahalladagi mavjud 810 xonadonning barchasida issiqxona bo‘lib, ularning umumiy maydoni qariyb 40 gektarni tashkil etadi. Mirishkorlar yilning to‘rt faslida bozorni sifatli va servitamin pomidor, bodring, ziravor ko‘katlar bilan to‘ldirib keladi.   

– Qariyb 20 yildan buyon ko‘chat yetishtirish bilan oilaviy shug‘ullanamiz, – deydi tajribali dehqon Bozorboy Sobirov. – Umumiy maydoni 30 sotix bo‘lgan 16 ta issiqxonada pomidor, bulg‘or qalampiri, bodring ko‘chatlarini yetishtiramiz. 

Ko‘chat yetishtirish juda nozik ish. Urug‘ noyabr oyida ekiladi. Urug‘dan chiqqan ko‘chatlar salafan idishchalarga ekib chiqiladi. Ko‘chatlarga qarov, ishlov berishda har bir jarayon o‘z vaqtida bajarilishi, issiqxonaning harorati bir xil darajada ushlab turilishi muhimdir. Bu ishlar albatta, o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Mas’uliyat, e’tibor bilan tinimsiz mehnat qilish kerak. Shundagina sifatli ko‘chatlar olinadi. Ko‘chat baquvvat va sifatli bo‘lsa, xaridori ko‘p bo‘ladi. 

Tadbirda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan yangi tizim asosida Otush mahallasining ixtisoslashuvi, “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyilining joriy etilishi bo‘yicha Asaka tumani hokimi Nasibullo Mo‘minovning hamda Andijon viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i Abrorbek Ahmadaliyev taqdimot o‘tkazdi. Unda tizim asosida viloyatdagi mahallalarning ixtisoslashuvi, yetishtirilgan mahsulotlarni ichki bozorda sotish, eksport salohiyati, aholining tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish orqali daromadlarini oshirish bo‘yicha masalalar haqida so‘z bordi. 

Seminar yakuniga bag‘ishlanib, Andijon shahar hokimligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan yangi tizim – “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyilini joriy etish, shu orqali tomorqadan yanada samarali foydalanish, aholi daromadini oshirish masalalari atroflicha muhokama etildi. 

F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tomorqa va ijara yerlardan foydalanish samaradorligi yanada ortadi