Andijonda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan yangi tizim asosida aholining tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish orqali daromadlarini oshirish chora-tadbirlari” mavzusida respublika ko‘rgazmali seminari bo‘lib o‘tmoqda.

Seminarda vazirliklar, respublika tashkilotlari mutasaddilari, viloyatlar sektor rahbarlari, viloyatlar hokimlarining o‘rinbosarlari, tuman, shahar hokimlari, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari hamda respublikamizdagi og‘ir hudud deb topilgan mahallalarda ish olib borayotgan hokim yordamchilari, tijorat banklari boshqaruvchilari, Mahalla uyushmasi tuman, shahar bo‘limlari rahbarlari ishtirok etmoqda. 

Ishtirokchilar erta tongdan Andijon shahrida kutib olindi. Ular 7 ta guruhga bo‘lingan holda Andijon viloyatining qator mahallalarida aholi tomorqasi va ijaraga olingan yerlardan samarali foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, ilg‘or tajribalar bilan bevosita tanishmoqda.

Dastlab seminar ishtirokchilari Yangi Andijon shahri hududida tashkil etilgan “Zamonaviy eko bog‘”ga ramziy daraxt ekish tadbirida ishtirok etdi. Ular tomonidan mazkur bog‘ga manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. 

Shundan so‘ng seminarning barcha guruhlar a’zolari Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan yangi tizim asosida Andijon tumanidagi Sadda tagi mahallasida aholiga ijaraga berilgan yerlarda “Bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida to‘qsonbosti usulida ekilgan sarimsoqpiyoz yetishtirish, ichki bozorga yetkazib berish va eksport qilinishi jarayonlari bilan tanishadi.

Shuningdek, mazkur mahallada o‘z tomorqasidan samarali foydalanib, yuqori daromad olayotgan aholi xonadonlarida bo‘ldi.

Mahallaning Sadda tagi ko‘chasida yashovchi Nodirbek To‘polonov xonadonida 3 sotix maydonda ikkita issiqxona qurilgan bo‘lib, birida pomidor ko‘chati yetishtirilmoqda. Ikkinchi issiqxonada esa rediska, ukrop, kashnich singari rezavor mahsulotlar yetishtirilmoqda. 

Xonadon sohibi mehmonlarni ayni kunda issiqxonada olib borayotgan ishlari bilan tanishtirdi. Issiqxonadan yil davomida bir necha marta hosil olishi, amalga oshirayotgan ishlari, mahsulotlarni qanday tartibda sotishi, olayotgan daromadi  haqida gapirib berdi. 

Seminar ishtirokchilari mazkur mahalladagi  xonadonlarda tomorqadan unumli va samarali foydalanish, yuqori daromad olish tajribalari bilan tanishdi, xonadon egalari bilan muloqotda bo‘ldi. 

Respublika ko‘rgazmali seminari davom etmoqda. 

F. Ubaydullayev,

Z. Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tomorqa va ijara yerlardan foydalanish bo‘yicha Andijon tajribasi o‘rganilmoqda