“To‘maris kubogi” kimga nasib etadi?
Samarqand shahridagi "Sortepa" sport majmuasida kamondan otish bo‘yicha ayollar o‘rtasida "To‘maris kubogi" ikkinchi xalqaro turniri boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 17 iyundagi “Kamondan otish sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida o‘tkazilayotgan musobaqada yurtimiz vakillari bilan birga Hindiston, Bangladesh, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Tojikistondan kelgan merganlar ishtirok etmoqda.
Xalqaro musobaqa 7 oktyabr kuni yakunlanadi.
O‘zA