🏆JCH-2026⚽
Özbek
Ўзбек
Русский
English
French
German
Arabic
Қазақ
Spanish
Chinese
Sönggi yangiliklar

Tolibon Rossiyadan yana yordam kutmoqda

Tolibon Rossiyadan yana yordam kutmoqda
Jahon
Tanlaş
18:25 / 29.12.2021

«Tolibon» hukumati Afg‘onistondagi iqtisodiy inqiroz sharoitida Rossiyaning insonparvarlik yordami ko‘rsatishda davom etishini kutmoqda, dedi harakat matbuot kotibi Zabiulla Mujohid “RIA Novosti” ga bergan intervyusida.

“Moskva Afg‘onistonga ko‘p bor gumanitar yordam jo‘natgan, buning uchun rahmat. Xalqimiz yolg‘izlanib qolmasligi kerak. Urushdan endigina chiqqan Afg‘oniston yordamga muhtoj, og‘ir ahvolni boshdan kechirmoqda. Qiyinchilik, uzoq davom etgan iqtisodiy inqiroz holatida biz Rossiyaning bu yo‘nalishdagi hamkorligi davom etishidan umidvormiz”, — dedi Mujohid.

Muallif: uza